fbpx
Batafsil fotoretsept : o’rik qo’shilgan tvorogli pirog

Batafsil fotoretsept : o’rik qo’shilgan tvorogli pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tez pishiriladigan o’rik qo’shilgan tvorogli pirog – choy bilan dasturxonga tortish uchun a’lo tanlov. Xamiriga tvotog qo’shilganligi sababli u juda yumshoq, o’rik esa pirogni yanada shirin qiladi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm tvorog
3 ta tuxum
100 gramm sariyog'
150 gramm shakar
230 gramm un
yarim choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq vanilin
1 choy qoshiq qabartma
100 gramm o'rik
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Chuqur idishda tvorog, tuxum, shakar va eritilgan sariyog’ni aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Masalliqlarni blender yordamida pyure holatiga keltiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Elangan un, tuz, vanilin va qabartma qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

20 sm diametrlik qolipga pergament qog’ozi solamiz va ustiga xamirni solib tekkislaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Orikni ikkiga bo’lamiz, danagidan tozalab, ehtiyotkorlik bilan tvorogli asos ustiga terib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pirogni 190C gacha qizdirilgan pechga 50-55 daqiqaga qo’yamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm tvorog
3 ta tuxum
100 gramm sariyog'
150 gramm shakar
230 gramm un
yarim choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq vanilin
1 choy qoshiq qabartma
100 gramm o'rik
oldingi
Videoretsept: gulsimon pirojkilar
keyingi
Yong’oq va rezavor mevalar bilan muzlatilgan yogurt

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.