«Qishki olcha» torti
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
110 gramm un
-
200 gramm shakar
-
30 gramm kakao kukuni
-
4 ta tuxum
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
kremi uchun
-
150 gramm smetana
-
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
60 gramm shakar upasi
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
250-300 gramm konservalangan yoki oddiy olcha
Yo’nalishlar
«Qishki olcha» kabi maftunkor nomga ega ajoyib tort- bu bayramona stolga mazali shirinlik tortishni va barcha mehmonlarni ajablantirishni istayotgan pazandalar uchun haqiqiy topilma.
Nomiga qaramay, tortni yilning istalgan vaqtida pishirish mumkin – u juda mazali va albatta barchani xursand qiladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
110 gramm un | |
200 gramm shakar | |
30 gramm kakao kukuni | |
4 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
kremi uchun |
|
150 gramm smetana | |
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
60 gramm shakar upasi | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
250-300 gramm konservalangan yoki oddiy olcha |
Birinchi bo'lib, agar olcha muzlatilgan bo'lsa, yaxshilab eritib olamiz. Olchalarni sitaga qo'yib, suvi ketishini kutamiz. Ajralib chiqqan suvini tashlab yubormaymiz.
Biskvit tayyorlaymiz:
Tuxumni shakar va vanil shakari bilan yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Alohida idishda un, qabartma va kakaoni venchik yordamida aralashtirib, ehtiyotkorlik bilan tuxumli aralashmaga solamiz. Lopata yordamida massa havodorligini saqlab qolgan holda aralashtiramiz.
Qolip tagini pergament qog'ozi bilan qoplab, xamirni solamiz.
Qolip ustini folga bilan yopamiz, shunda biskvit tekkis bo'lib pishadi va yorilib ketmaydi.
175-180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 35 daqiqaga yuboramiz.
Tayyor biskvitni qolipdan olib, yaxshilab sovutamiz.
Biskvit ustini tahminan 1 sm qalinlikda kesib olamiz. Keyin u tort ustini yopishda kerak bo'ladi.
Biskvitning bortiklari va tagini qoldirib, o'rtasini qoshiq bilan kovlab olamiz. Kovlab olingan biskvitni idishga solib, uvoq shakliga keltirib olamiz.
Krem tayyorlaymiz:
Krem uchun smetana va qaymoqni shakar upasi va vanil shakari bilan quyilgunicha ko'pirtiramiz.
Hosil bo'lgan kremga olcha va uvoqning ⅓ qismini solib, aralashtiramiz.
Olcha sharbatiga ozroq shakar solib, agar sharbati kamroq bo'lsa, suv solib, o'rtacha olovda qaynatib olamiz.
Biskvit tagi va bortiklariga hosil bo'lgan olcha sharbatini surtib chiqamiz.
Krem solib, ustini tekkislaymiz. Ustini kesib olingan korj bilan yopamiz. Korj ustiga ham olcha sharbatini surtamiz.
Korj ustiga uvoqning hammasini yoki yarmini qo'yib, yana sharbat sepamiz va ozroq shakar upasini sepamiz.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
110 gramm un | |
200 gramm shakar | |
30 gramm kakao kukuni | |
4 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
kremi uchun |
|
150 gramm smetana | |
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
60 gramm shakar upasi | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
250-300 gramm konservalangan yoki oddiy olcha |