Qatlama xamir va qaynatilgan kremdan qilingan pishiriq

Qatlama xamir va qaynatilgan kremdan qilingan pishiriq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tayyor qatlama xamir va qaynatilgan kremdan qilinadigan bunday yegulik siz va oila a’zolaringizni ham befarq qoldirmaydi! Ta’m jihatidan u napoleonga o’xshab ketib, ammo undanda mayinroq va nafisroq bo’lib chiqadi!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
2 o'ram qatlama xamir
250 millilitr sut
250 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
2 choy qoshiq vanil shakari
100 gramm shakar
4 ta tuxum sarig'i
50 gramm makkajo'xori kraxmali
1 list jelatin
sepish uchun shakar upasi
Qadam 1
Tugllandi

Kattaligi 23 sm li to'rtburchak qolip yoki patnis tayyorlab olamiz. Gaz pechini 200 C darajada qizdiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

PAtnisga pergamnet qog'oz to'shaymiz. Xamirni yoyib, permgament qog'oz ustiga qo'yamiz. Xamir ustidan yana pergament qog'oz to'shab, ustidan yana bitta qolip yoki patnisni qo'yamiz. Bu xamirning pishish jarayonida ko'tarilib ketmasligi uchun kerak. Pechga qo'yib, 20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Ikkinchi xamirni ham xuddi shunday usulda pishirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Sut, qaymoq va vanil shakarini qozonchaga solamiz. Gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz. Gazdan olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Alohida idishga tuxum sarig'i, kraxmal va shakarni solamiz. Mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Sutli aralashmani oz-ozdan quyib, ko'pirtirishni to'xtatmaymiz.

So'ng aralashmani qozonchaga quyib, yana gazga qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Past olovda quyulguniga qadar qaynatamiz. Muntazam venchikda kovlab turamiz. Tayyor krem qoshiqdan oqib ketmasligi, aksincha yaxlitligicha ag'darilib ketishi kerak.

Qadam 6
Tugllandi

Jelatinni sovuq suvga ivitib qo'yamiz. So'ng suvini siqib tashlab, o'zini iliq kremga solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Birinchi xamirni qolipga mos qilib kesamiz va joylashtiramiz. Ustidan silliq qilib kremni hammasini surtib chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Ikkinchi xamirni esa kerakli bo'laklarga kesib, krem ustidan taxlab chiqsak, tayyor shirinlikni kesish oson kechadi.

Qadam 9
Tugllandi

Bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz. Tortishdan oldin shakar upasi sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 1 kun
  • Serves 9
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
2 o'ram qatlama xamir
250 millilitr sut
250 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
2 choy qoshiq vanil shakari
100 gramm shakar
4 ta tuxum sarig'i
50 gramm makkajo'xori kraxmali
1 list jelatin
sepish uchun shakar upasi
oldingi
Turkcha usulda pishirilgan no’xat
keyingi
Smetanali qaylada pishiriladigan quyon go’shti

Fikringiz