Pushti rang(lavlagi)li burgerlar uchun bulochkalar

Pushti rang(lavlagi)li burgerlar uchun bulochkalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Balki ishtahaoochar ko’rinishga ega pushti rangli burgerlarga mo’ljallangan buochkalarga ko’zingiz tushgandir. Bizlar bugun bunday yegulikni faqatgina tabiiy mahsulotlar bilan tayyorlash retseptini taqdim etamiz.

Bunday bulochkalar esa ayniqsa bolajonlarga juda yoqadi va ular bunday nonushtadan hech ham bosh tortmaydilar degan umiddamiz.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 7 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 dona qizil lavlagi
200 gramm un
100 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq quruq xamirturush
1 choy qoshiq shakar
40 gramm sariyog'
bir chimdim tuz
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun qora kunjut
Qadam 1
Tugllandi

Qizil lavlagini folgaga o'rab, 180-190 C darajada qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Buni oldindan qilib qo'yish ham mumkin.

Qadam 2
Tugllandi

Iliq suvga xamirturush va shakarni solib, aralashtirib olamiz. 10 daqiqaga qoldiramz. Bu vaqt mobaynida aralashma ustida ko'pikli "qalpoqcha" hosil bo'lishi lozim.

Qadam 3
Tugllandi

Unni elab tog'orachaga solamiz va tuz sepamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Un ustidan eritilgan sariyog' va xamirturushli aralashmani solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qizil lavlagi po'stini archib tashlab, o'zini to'rtburchak qilib to'g'raymiz va blender yordamida ezib, maydalab olamiz. So'ng undan hosil bo'lgan pyureni un ustidan solamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Stol ustiga un sepib, xamirni shu yerda qorib olamiz. Lavlagi hajmiga qarab, retseptda ko'rsatilganidan ko'proq un sarflanishi mumkin.

Qadam 7
Tugllandi

Xamirni tog'orachaga olib, ustini yopamiz va iliq joyga 30-40 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 8
Tugllandi

Xamirdan 6-8 dona aylalana shaklchalar yasab olamiz va ustini yopib, yana 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 9
Tugllandi

Tuxum sarig'i surtib, kunjut yoki yirik tuzdan sepamiz.

Qadam 10
Tugllandi

200 C darajada qizigan pechda 15-18 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishganligini gugurt cho'pi yordamida aniqlab olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 dona qizil lavlagi
200 gramm un
100 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq quruq xamirturush
1 choy qoshiq shakar
40 gramm sariyog'
bir chimdim tuz
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun qora kunjut
oldingi
Uyda tayyorlanilgan tvorog
keyingi
Videoretsept: yong’oqli gata

Fikringiz