Pishirilmaydigan olma-bananli chizkeyk
Masalliqlar:
-
Asosiga:
-
150 gramm javdar unidan tayyorlangan suxariklar
-
200 gramm quritilgan mevalarturshak, mayiz, quritilgan olxo'ri
-
1 osh qoshiq asal
-
Asosiga:
-
150 gramm tvorog
-
100 millilitr sut
-
2 ta banan
-
1 osh qoshiq jelatin
-
125 millilitr muzdek suv
-
1 dona olma sharbati
-
1,5 choy qoshiq dolchin
Yo’nalishlar
Parhez tutuvchilar uchun kam kaloriyali chizkeykni qanday tayyorlash mumkin? Buning yo’li juda oson bo’lib, quyida batafsil tushuntirib o’tamiz.
100 gramm mahsulotning taxminiy ozuqaviy qiymati quyidagicha: kaloriyasi — 151.34 kKal bo’lib, oqsillar — 7.66 gr, yog’lar — 0.88 gr, uglevodlar — 29.47 gr ni tashkil etadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Asosiga: |
|
150 gramm javdar unidan tayyorlangan suxariklar | |
200 gramm quritilgan mevalar | |
1 osh qoshiq asal | |
Asosiga: |
|
150 gramm tvorog | |
100 millilitr sut | |
2 ta banan | |
1 osh qoshiq jelatin | |
125 millilitr muzdek suv | |
1 dona olma sharbati | |
1,5 choy qoshiq dolchin |
Cheti ochiladigan qolipga yog' surtamiz va oziq-ovqat pelyonkasi to'shaymiz.
Qozonchaga 1 osh qoshiq jelatin solamiz va muzdek suvni quyamiz. Chetga olib qo'yamiz.
Quritilgan mevalar ustidan qaynoq suv quyib, 1-2 daqiqaga ivitib qo'yamiz. So'ng suvini to'kib tashlab, qog'oz sochiq ustidan terib, biroz quritib olamiz.
Quritilgan mevalarni mayda qilib to'g'rab olamiz.
Blender idishiga suxarilar, to'g'ralgan quruq mevalar va asalni solib, silliq holatga kirgunicha aralashtirib olamiz.
Aralashmani qolipga solib, ustidan yaxshilab qoshiqda tekislab chiqamiz.
Olma ba bananni po'stidan tozalab olamiz, yupqa qilib to'g'rab, korj ustidan terib chiqamiz.
Jelatinni gaz ustiga qo'yib, erigunga qadar qizdirib olamiz. Lekin jelatin qaynab ketmasligi kerak. So'ng uni 10-15 daqiqa davomida sovutib olamiz.
Tvorog, sut, dolchin va bananni blender idishiga solamiz va maydalab olamiz. Sovigan jelatinni solib aralashtirib olamiz. Aralashmani qolipga quyamiz va 3-5 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Asosiga: |
|
150 gramm javdar unidan tayyorlangan suxariklar | |
200 gramm quritilgan mevalar | |
1 osh qoshiq asal | |
Asosiga: |
|
150 gramm tvorog | |
100 millilitr sut | |
2 ta banan | |
1 osh qoshiq jelatin | |
125 millilitr muzdek suv | |
1 dona olma sharbati | |
1,5 choy qoshiq dolchin |
1 Sharhlar Hide Comments
Zor