fbpx
«Konfetka» pechenyesi

«Konfetka» pechenyesi

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • nachinkasi uchun

  • bezak uchun

Yo’nalishlar

Ushbu pechenye uchun shakarsiz xamir tayyorlanadi, ammo yong’oqli shirin nachinka buni to’ldiradi va biz mutanosib ta’mga ega bo’lamiz.

«Konfetka» pechenyelarining noodatiy shakli, bolalarga albatta yoqadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 27 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
350-400 gramm un
200 gramm kefir
4 ta tuxum sarig'i
250 gramm yumshatilgan sariyog'
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
nachinkasi uchun
4 ta tuxum oqi
150 gramm shakar
50 gramm maydalangan yong'oq
bezak uchun
150 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
20 gramm kokos qirindisi
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishda yumshatilgan sariyog' va unni qumoq shakliga keltirib aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishda kefir, tuxum sarig'i va qabartmani aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sariyog' va unli massaga suyuq massani solib, xamir qoramiz. Xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, 10-15 daqiqaga xona haroratida qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Tuxum oqini shakar bilan yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 0,5 sm qalinlikda yoyib, xamirdan qolip yordamida 10 sm keladigan dumaloqlar kesib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bir dumaloq ichiga 1 choy qoshiq beze va yong'oq qo'yib, "Konfet" shaklida tugamiz (agar qiyin bo'lsa, yarim oy shaklida tugishingiz ham mumkin).

Qadam 7
Tugallandi

Pechenyelarni gaz pechi patnisiga joylashtirib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-35 daqiqaga yuboramiz.
Pishgan pechenyelarga qaynatilgan quyultirilgan sut surtib, kokos qirindisini sepib bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 26
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
350-400 gramm un
200 gramm kefir
4 ta tuxum sarig'i
250 gramm yumshatilgan sariyog'
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
nachinkasi uchun
4 ta tuxum oqi
150 gramm shakar
50 gramm maydalangan yong'oq
bezak uchun
150 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
20 gramm kokos qirindisi
oldingi
Videoeretsept: rezavor mevali nachinkaga ega savatchalar
keyingi
Videoretsept: apelsinli o’rama pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.