fbpx
Anjir va rukkolali salat

Anjir va rukkolali salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

10 daqiqada tayyorlash mumkin bo’lgan, yorqin rangli salat retseptini siz azizlarga taqdim etamiz!

Bunday salat o’zining ajoyib ta’mi bilan sizni lol qoldirishi aniq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

4-5 ta qora anjir
100 gramm pomidor cherry
100 gramm brinza yoki feta pishlog'i
2 bog' rukkola ko'kati
2 choy qoshiq kedr yong'og'i
1 osh qoshiq zaytun moyi
1 osh qoshiq balzam sirkasi
1 choy qoshiq oregano
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Anjirlarni yuvib, dumchalarini olib tashlaymiz. So'ng har birini to'rt bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pomidorlarni esa ikkiga bo'lamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yuvilgan rukkolalari kattaroq likopchaga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ko'katlarning ustidan to'g'ralgan pomidor va anjirlarni sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Salat ustidan brinzani qo'lda maydalab sepamiz. Shuningdek, kedr yong'og'ini ham sepamiz.

Tuz, murch va oreganoni sepamiz. Balzamli sirka va zaytun yog'ini quyamiz. Dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4-5 ta qora anjir
100 gramm pomidor cherry
100 gramm brinza yoki feta pishlog'i
2 bog' rukkola ko'kati
2 choy qoshiq kedr yong'og'i
1 osh qoshiq zaytun moyi
1 osh qoshiq balzam sirkasi
1 choy qoshiq oregano
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Tovuq go’shtidan qilingan lo’la kabob
keyingi
Videoretsept: yog’li krem bilan to’ldirilgan eklerlar

Fikringiz