fbpx
«Kokos va shokolad» pechenyesi

«Kokos va shokolad» pechenyesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shokolad qo’shib pishiriladigan kokosli pechenye retsepti bilan bo’lishmoqchimiz. Tez tayyor bo’ladigan ushbu pechenye yorqin kokos isiga to’yingan bo’lib, ajoyib ko’rinishga ham egadir.

Ushbu pechenye uchun ham qora, ham sutli shokolad mos keladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 27 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm kokos qirindisi
2 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
60 gramm shakar
100 gramm un
bir chimdim tuz
70-80 gramm istalgan shokolad
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
30 gramm eritilgan sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumni shakar bilan yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra kokos qirindisi, tuz, eritilgan sariyog' va vanil shakarini solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unni qabartma bilan aralashtirib, asosiy massaga qo'shamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oxirida mayda bo'laklarga bo'lingan shokolad qo'shib, aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qo'limizni ho'llab, 12-14 dona o'rtacha dumaloqlar hosil qilamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 12
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm kokos qirindisi
2 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
60 gramm shakar
100 gramm un
bir chimdim tuz
70-80 gramm istalgan shokolad
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
30 gramm eritilgan sariyog'
oldingi
Pishloqli turkcha pogacha
keyingi
Videoretsept: satsebeli qaylasida pishirilgan mol go’shti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.