«Kit-kat» torti
Masalliqlar:
-
Biskvitiga:
-
4 ta tuxum
-
150 gramm shakar
-
165 gramm un
-
0.5 choy qoshiq vanilin
-
120 millilitr sut
-
60 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq qabartma
-
bir chimidm tuz
-
Shimdirish uchun:
-
50 millilitr shirin qiyomchoy, kompot, olma sharbati
-
Kremiga:
-
400 gramm tvorogli pishloq
-
300 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
200 gramm shakar upasi
-
150 gramm malinayoki banan, apelsin, kivi
-
Bezatishga:
-
10 ta "Kit-kat" shokoladlli plitkasi
-
ustini bezatish uchun har xil rezavor mevalar yoki yong'oqlar
Yo’nalishlar
“Kit-kat” torti – shirinlikni xush ko’ruvchilar uchun haqiqiy kutilmagan sovg’a bo’lishi aniq! Bunday tortni tayyorlash juda oson bo’lsada, tashqi ko’rinishiga qarab, hech kim bunday deb o’ylamaydi ham.
Bunday mo’jizani tayyorlash uchun sizdan hech qanday tajriba talab etilmaydi, quyidagi videoretseptimizni ko’rishingizning o’zi kifoya.
Aytgancha, bunday shokoladlar bilan nafaqat bu tortni bezatish mumkin, balki, o’zingizning eng sevimli tortingizdan birortasini pishirib, uning ham chetlarini xuddi shunday usulda bezatishingiz mumkin.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Biskvitiga: |
|
4 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
165 gramm un | |
0.5 choy qoshiq vanilin | |
120 millilitr sut | |
60 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimidm tuz | |
Shimdirish uchun: |
|
50 millilitr shirin qiyom | |
Kremiga: |
|
400 gramm tvorogli pishloq | |
300 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
200 gramm shakar upasi | |
150 gramm malina | |
Bezatishga: |
|
10 ta "Kit-kat" shokoladlli plitkasi | |
ustini bezatish uchun har xil rezavor mevalar yoki yong'oqlar |
Biskvitini tayyorlaymiz
Gaz pechini 170 C darajaga oldindan yoqib qo'yamiz. Bunda "konveksiya" rejimi kerak bo'lmaydi.
Tortga mo'ljallangan qolipga pergament qog'oz solib chiqamiz. Qog'ozni ustki qismini qolipdan uzunroq qilsak, biskvit yaxshi ko'tariladi. Yoki tortga mo'ljallangan balandroq qolip(kol'co)dan ishlatamiz.
Tuxumlarni chaqib solamiz, ustidan bir chimdim tuz sepamiz. Ozroq ko'pirtirib olamiz. So'ng shakar va vanilinni solib, mikserda 5 daqiqa davomida yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Massa bir necha barobarga ko'payib, o'z shaklini saqlab qoladigan bo'lishi kerak.
Un bilan qabartmani elab olamiz va ko'pirtirilgan tuxum ustidan uchga bo'lib, solamiz. Har bir solganimizdan so'ng oshxona lopatkasi yordamida ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.
Qozonchaga sariyog' va sutni solib, qizdirib olamiz. Qaynatish kerak emas.
Sut va sariyog' aralashmasini xamir ustidan quyamiz.
Tayyorlab qo'ygan qolipga xamirni quyamiz va 170 C darajada qizigan pechga qo'yib, 35-40 daqiqa davomida pishirb olamiz.
Pishgan biskvitni qolipida 15 daqiqa sovutib, so'ng ajratib olamiz , pelyonkaga o'rab, bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz. Shunda biskvitni kesish hech qanday muammo tug'dirmaydi.
Ehtiyojga qarab, biskvitni sovutgichda 5 kungacha saqlash mumkin.
Sovigan biskvitni uchga bo'lamiz.
Kremini tayyorlab olamiz
Tvorogli pishloq bilan shakar upasini ko'pirtirib olamiz. Ustidan muzdek qaymoqni ham quyib, yana bir necha daqiqa ko'pirtiramiz.
Kremni ikkiga bo'lamiz. Ko'proq qismiga malina solib aralashtirib olamiz. Kichikroq qismini esa ustini bezatish uchun olib qo'yamiz.
Tortni yig'amiz
Tortga xohishga qarab qiyom, meva sharbatidan quyamiz. Lekin hech narsa surtmasak ham, biskvitimiz yetarli darajada nam bo'lib chiqadi.
Tortning birinchi korjini qo'yib, ustidan malinali kremni yarmini surtamiz. So'ng ikkinchi korjni qo'yib, qolgan malinali kremni hammasini surtamiz. Uchinchi korj bilan yopamiz.
Malinasiz bo'lgan kremni olib, tort usti va yonlariga tekis qilib surtib chiqamiz. 10-15 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Masalliqlar:
Biskvitiga: |
|
4 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
165 gramm un | |
0.5 choy qoshiq vanilin | |
120 millilitr sut | |
60 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimidm tuz | |
Shimdirish uchun: |
|
50 millilitr shirin qiyom | |
Kremiga: |
|
400 gramm tvorogli pishloq | |
300 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
200 gramm shakar upasi | |
150 gramm malina | |
Bezatishga: |
|
10 ta "Kit-kat" shokoladlli plitkasi | |
ustini bezatish uchun har xil rezavor mevalar yoki yong'oqlar |