fbpx
Qaymoq va qo’ziqorinli qaylada pishirilgan pasta

Qaymoq va qo’ziqorinli qaylada pishirilgan pasta

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Taomni yanada mazali qiladigan tarkibidan biri bu albatta qaylasidir. Qaymoq va qo’ziqorinli qaylada tayyorlanilgan pasta tez tayyorlanib, taomnomangizni yangilashga xizmat qiladi.

Bunday taom uchun kerakli masalliqlarni hozirda xohlagan savdo shaxobchalari yoki bozor rastalaridan topish mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 38 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

250 gramm tovuq filesi
250 gramm xohlagan turdagi pasta
200 millilitr 15-20 % li qaymoq
200 gramm shampinyon
1 bosh piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
100 gramm pomidor cherry
40 gramm qattiq pishloq
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Chuqurroq qozonga yog' quyib qizdiramiz. Tovuq filesini to'rtburchak shaklda to'g'raymiz va qozonga solib qovuramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Piyozni mayda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz, shampinyonlarni esa parrak qilib to'g'raymiz va tovuq ustidan solamiz. Hammasini birgalikda 3 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qaymoqni solib, tuz va murch sepamiz. O'rtacha olovda 10b daqiqa davomida dimlab pishiramiz. Pishishiga 3 daqiqa qolganda pomidorlarni ikkiga bo'lib solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Pastani qadog'idagi yo'riqnoma asosida qaynatib olamiz. Suvini to'kib tashlaymiz.

Qadam 5
Tugllandi

Pastani qozondagi qayla ustidan solib aralashtirib olamiz. Likopchalarga suzib, ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm tovuq filesi
250 gramm xohlagan turdagi pasta
200 millilitr 15-20 % li qaymoq
200 gramm shampinyon
1 bosh piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
100 gramm pomidor cherry
40 gramm qattiq pishloq
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Shokolad va yong’oqlar solib pishirilgan bananli non
keyingi
“Kit-kat” torti

Fikringiz