Peshtaxtadagi qiziqarli mahsulotlar: «Из Корзинки» shokolad pastasi
Ko’pchilikga tanish bo’lgan «Из Корзинки» brendi ostida ziravorlar, non va boshqa ko’plab mahsulotlar ishlab chiqariladi. Endi esa, «Корзинка» supermarketlarida yana bir yangilik – Turkiyada ishlab chiqarilgan shokolad pastasi taqdim etildi.
«Из Корзинки» brendi haqida
«Из Корзинки» — “Korzinka” supermarketlarining o’z savdo belgisi bo’lib, u faqat “Korzinka” rastalarida taqdim etilgan.
Brend maxsulotlarining yaroqlilik muddati va xavfsizligi ishlab chiqarish jarayonida yuqori standartlarga rioya qilinishi va sifat nazorati bilan kafolatlanadi. Bu sababli iste’molchilar «Из Корзинки» maxsulotlarining sifatidan shubha qilishmasligi mumkin.
O’z savdo belgisi mahsulotlarning keng tanlovini yaratib beradi – non mahsulotlari, ziravorlar, sabzavotlar va boshqa ozuqa mahsulotlari.
«Из Корзинки» o’z savdo belgisining afzalligi – mahsulotlar hamyonbopligidadir. Sifatli mahsulotlarni o’rtacha narxda taklif qiladi. Bu sababli, har bir iste’molchi o’z byudjetidan chiqmagan holda yuqori sifatdagi mahsulotlar orasidan tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Pasta turlari
«Из Корзинки» shokolad pastasining ikki xil ta’mi mavjud: yong’oqli va sutli. Oxirgisi shokolad va sutli pastaning qavatlab solingan turi bo’lib, ajoyib ko’rinishga ega.
Yong’oqli pasta
Shokolad va yong’oq sevarlar uchun haqiqiy zavq. U ertalabki nonushta, kun o’rtasidagi tamaddi yoki pishiriq uchun to’g’ri keladi. U kremsimon, silliq va mayin massa bo’lib, sutli shokolad va funduk yong’og’i ifori va ta’mini o’ziga jamlagan.
Sutli pasta
Bu pastani ajralib turadigan tomoni, uning qavat-qavatliligidadir. Banka ichida ikki xil pasta joylashgan: yong’oqli va sutli. Bu pastani non ustiga surtganimizda, qavatlar bir-biriga aralashib, natijada ishtahaochar va mazali shokolad, sut va yong’oq uyg’unligi hosil bo’ladi.
Qadoq
Har bir pasta, ichidagi mahsulot ko’rinib turadigan, 350 grammli shisha qadoqga joylashtirilgan. Qopqoq ostida himoya muhri bo’lib, u pasta sifati va ta’mi saqlanishi kafolatidir.
Bundan tashqari, qadoq ustida Turkiya bayrog’i joylashtirilgan bo’lib, u mahsulot sifatining yuqori standartlari bilan mashhur davlatda ishlab chiqarilganligi haqida so’ylaydi.
Ta’m
«Из Корзинки» shokolad pastasini ochishimiz bilan, uning kremsimonligini ko’ramiz. U yumshoq, silliq va mayin bo’lib, non ustiga oson surtiladi. Ta’miga ko’ra pasta kuchli shokoladli ta’mga ega, ammo o’ta shirin emas va yengil funduk ta’miga ega.
Agar kuchli ta’mli pastani yaxshi ko’rsangiz, yong’oqli pasta ajoyib tanlov bo’ladi. Agar siz shokolad va sut aralashmasini yaxshi ko’rsangiz, mayin va qavatli sutli pasta siz uchun ajoyib tanlov.
Qayerdan va qanday narxda sotib olish
«Из Корзинки» shokolad pastasini faqat «Корзинка» supermarketlaridan sotib olish mumkin.
Bir banka narxi: 27 990 so’m.
Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o’zbek tilida): t.me/korzinkauzb
Reklama huquqi asosida.