Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Golden Corn guruch uni
Yangi ta’m va taomlarni kashf qilish maqsadida bizlar har doim yangi mahsulotlar qidirishga harakat qilamiz. Bu safar bizlar guruch unini uchratdik va undan xarid qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Guruch uni silliq guruchlardan tayyorlanib, uning asosiy qismi kraxmaldan tashkil topib, glyutenni umuman o’zida saqlamaydi. Guruch uni yengil mahsulot bo’lib, allergiya chaqirmasligi sabab ham bolalar va parhezbop taomnomalarda keng qo’llaniladi.
Ammo shunga qaramay, 100 gramm mahsulotning 80 foizini uglevodlar tashkil qilishi sabab ham uni to’liq parhezbop mahsulot sanalmaydi.
Guruch uni xuddi oddiy guruchdek hech qanday ta’m va hidga ega emas.
Qadog’i
Un «Golden Corn» firmasining polietilen yelim xaltalarida qadoqlanilgan bo’lib, bu uning saqlash muddati 6 oyni tashkil qiladi. Shu sababdan ham undan bir vaqtda ko’p miqdorda xarid qilish tavsiya etilmaydi. Un ochilgandan so’ng uni shisha bankaga solib, qopqog’ini yopib o’yish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mahsulotning og’irligi — 900 gammni tashkil qiladi.
Xususiyatlari
Bunday un xuddi bug’doy unidek keng tarqalmagan bo’lib, ko’pchilik undan nimalar tayyorlash mumkinligini bilishmaydi.
Guruch unining tarkibida kleykovina yo’qligi sababli pishirish jarayonida u qarsildoq bo’lib pishadi. Undan tayyorlangan mahsulotlar usti qizarib, o’ziga xos bo’lib pishadi.
Ayniqsa guruch uni quymoqlar, pechenye, non va osiyocha shirinliklar tayyorlansa, o’zgacha ta’mda chiqadi. Shuningdek undan go’sht va sabzavotlarni belab pishirishda, uyda tayyorlangan lapsha va chuchvaralar uchun asos sifatida foydalanishadi.
Xo’sh, guruch unining avzalligi nimada?
- meteorizm, ich qotishi, diareya, jig’ildon qaynashiga sabab bo’luvchi glyuten moddasini saqlamaydi
- kletchatkani ko’p miqdorda saqlashi
- pishiriq qarsildoq, uvalanib ketuvchi va donali bo’lib pishadi
- Osiyo taomlarini tayyorlashda ko’p ishlatiladi
- tuzni saqlamaydi
Salbiy tomonlari ham yo’q emas:
- А guruh vitaminini saqlamaydi
- C guruh vitaminini saqlamaydi
- glikemik indeksining yuqoriligi
Tarkibi
Guruch uni.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 308 kKal bo’lib, 5.3 grammini oqsillar, 0.4 grammini yog’lar, 91.6 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan xarid qilish mumkin
«Golden Corn» guruch unini bizlar Makro tarmog’idagi supermarketlarning biridan 5990 somga 900 grammini xarid qildik.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.