Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Golden Corn makkajo’xori uni
Bug’doy unidan tashqari boshqa unlardan ishlatib ko’rganmisiz? Yaqinda bizlar Golden Corn nomi ostida ishlab chiqarilgan makkajo’xori unini ko’rib qoldik va undan xarid qilishga qaror qildik. Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Makkajo’xori uni – bozordagi xaridorgir mahsulot hisoblanmaydi. Ammo, shunga qaramay, bu un o’z qomatini o’ylaydiganlar uchun esa ajoyib tanlovdir.
Makkajo’xori uni o’zida В va Е guruh vitaminlarini, nikotin kislotasi, kaliy, temir, kalsiy, karotin, magniy, kraxmal va Mendeleyev jadvalidagi yana ko’pgina moddalarni o’zida saqlaydi. Bu unning kaloriyasi pastligi sabab, oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxhsilaydi.
Makkajo’xori uni parhezbop mahsulotlardan biri bo’lib, undan nafaqat foydali, balki juda mazali taomlar tayyorlash mumkin. Вu unning tarkibidagi karotinoidlar yog’larni eritish xususiytaiga ham ega ekan.
Qadog’i
Un «Golden Corn» firmasining polietilen yelim xaltalarida qadoqlanilgan bo’lib, bu uning saqlash muddati 6 oyni tashkil qiladi. Shu sababdan ham undan bir vaqtda ko’p miqdorda xarid qilish tavsiya etilmaydi. Un ochilgandan so’ng uni shisha bankaga solib, qopqog’ini yopib o’yish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mahsulotning og’irligi — 900 gammni tashkil qiladi.
Xususiyatlari
Makkajo’xori unidan har xil nonlar, tvorogli toblatmalar, pankeyklar va siriklar tayyorlash mumkin. Uning o’zi sarg’ishroq rangda bo’lib, makkajo’xorinin yirikroq donlariga ham ko’zimiz tushdi. Shu sabadan ham unni ishlatishdan oldin elab olish tavsiya etiladi.
Makkajo’xori unining bug’doy unidan yana bir farqi uning o’zida glyutenni saqlamasligidadir. Ba’z bir insonlar ma’lum sabablarga ko’ra glyutensiz parhez tutadilar. Glyutenni saqlamasligi sabab makkajo’xori uni pishish jarayonida yaxshi ko’tarilmaydi va uvalanuvchan bo’lib pishadi.
Makkajo’xori unidan dunyo bo’yicha ko’plab milliy taomlar tayyorlaniladi.
Tarkibi
Makkajo’xori uni
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 350 kKal bo’lib, 7.0 grammini oqsillar, 1.8 grammini yog’lar, 79.0 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan xarid qilish mumkin
«Golden Corn» makkajoxori unini bizlar Makro tarmog’idagi supermarketlarning biridan 5990 somga 900 grammini xarid qildik.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.