Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Golden corn makkajo’xori kraxmali
Makkajo’xori kraxmali – har bir oshxonada kerak bo’ladigan masalliqlardan biridir. Shu sabab ham Golden corn nomi ostida ishlab chiqarilgan makkajo’xori kraxmalini ko’rib, xarid qilmasdan o’ta olmadik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Makkajo’xori kraxmalidan asosan qandolatchilik va novvoychilikda foydalaniladi, shuningdek u aromatizatorlarning ta’sirini kuchaytirib, namligini boshqaradi. Umumiy qilib aytganda, ko’pgina taomlar va shirinliklar tayyorlashda beminnat dastyordir.
Aytgancha, kraxmal glyutenni o’zida saqlamaydi. Shu sabab ham glyutensiz parhez tutuvchilar undan bemalol iste’mol qilishlari mumkin.
Og’rligi 200 gramm bo’lmish yuqori sifatli kraxmalni ko’rib quvondik va albatta undan xarid qildik.
Qadog’i
Kraxmal «Golden corn» nomli mustahkam polietilen yelim xaltalarda sotuvga qo’yilgan. Xarid qilgandan so’ng iloji boricha uni shisha bankaga sepib, quruq joyda saqlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kraxmalning o’ramida uni qanday qo’llash batafsil ko’rsatib o’tilgan.
Mahsulotning og’irligi — 200 gramm.
Xususiyatlari
Makkajo’xori kraxmalining unga qaraganda ustunligi shundaki, u taomlarning ta’mini o’zgartirmaydi. Shirinliklarga solinganda esa ularning yaxshiroq quyulishi va tiniq chiqishini ta’minlaydi.
Ko’pincha makkajo’xori kraxmali o’rniga kartoshka kraxmalidan ishlatsa bo’ladimi deb so’raysiz? Yo’q, kartoshkali kraxmal solingan taomlar juda quyuq bo’lib chiqadi va rangi ham xiralashib, ta’mi ham o’zgaradi.
Tarkibi
Makkajo’xori kraxmali.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 340.56 kKal bo’lib, 65.14 grammini uglevodlar taahkil qiladi.
Qayerdan qanchaga xarid qilish mumkin
Golden corn kraxmalini bizlar Makro supermarketidan 3 990 so’mga xarid qildik.