Flay ledi asosidagi tartib: uy tozalashni qanday qilib bayramga aylantirish mumkin, 1-qism
Qanday qilib osongina uyni saranjom-sarishta tutish mumkin? Millionlab uy bekalarining sevimli usullaridan biri «FLy lady» tizimi hisoblanadi. Flay ledi qoidalari nafaqatgina uy bekalariga uyni tartibli tutishni o’rgatibdgina qolmay, balki vaqtingizni to’g’ri taqsimlab, o’zingiz uchun ham vaqt ajiratishingizga yordam beradi.
Amerikalik uy bekasi Marla Silli barcha turdagi uylarni tartibga solish va vaqtni to’g’ri taqsimlash tizimlarini sinab ko’rgach, ko’ngli to’lmay, o’z usulini, ya’ni uyishlarini boshqarish tizimini yaratdi.
FLY – bu abbreviaturasi to’liq «Finally love yourself» («Vanihoyat, o’zingi, sev») bo’lib, («fly» ing. «uchmoq») uchish bilan hech qanday bog’liligi yo’q.
Ammo bu tizim ixlosmandlarining fikricha, Flay ledi tizimi asosida uyni tartibga keltirish hech narsa bo’lmay qoldi.
Flay ledi – bu faqatgina uy tozalashga kerakli qo’llanma bo’libgina qolmasdan, balki o’zimizga ham e’tibor qaratish lozimligini talab qilivchi yo’riqnoma hamdir.
Tizimdagi qoidalarga asosan, tozalashni har kuni, oz-oz vaqtdan amalga oshirish, kir-chir va yig’ishtirishni esa dam olish kunlariga aslo qoldirmaslik kerak. Dam olish kunlarini esa o’zingiz va oila a’zolaringizga bag’ishlash lozimligini ta’kidlaydi.
Kelinglar, Flay ledi qoidalari bilan birgalikda tanishamiz.
1-qoida: har doim toza rakovina
Tozalashni nimadan boshlashni bilmay turamiz, ana shunda ilk e’tiborimizni rakovinani tozalashga qaratishimiz lozim.
Tasavvur qilib ko’ring: ertalab yuz-qo’lingizni yuvish uchun vannaxonaga kirasiz va yaltiragan rakovinani ko’rib bahri dilingiz ochiladi. Yoki nonushta tayyorlash uchun oshxonaga yo’l olasiz – va yana sizni yaltiragan rakovina qarshi oladi. Yoqimlimi? Albatta.
Shu sabbali ham bugundan boshlab rakovinangizning tozaligiga e’tibor qarating – oshxonada idish-tovoqlarni yuvib bo’lganingizdan so’ng yoki vannaxonada tishingizni yuvib bo’lgandan so’ng, uni yaxshilab tozalab, yuvib tashlang. Bu jarayonni odatga aylantiring.
2-qoida: Ertalabdan o’zimiga oro beramiz
Ertalab turiboq o’zingizga bir oz bo’lsada vaqt ajrating.
- Dush qabul qiling. Agarda yosh bolali bo’lsangiz, unda uni ham birga olib kiring – vannaxonaga yumshoq gilamcha to’shab, o’yinchoqlarini ham olib kiring.
- Sochlaringizni tartibga keltiring.
- Biroz bo’yanib oling – bunda ozroq upa surib, qosh va kipriklarni ozgina bo’yashning o’zi kifoya.
- Chiroyli kiyinib oling. Tashlab yuborishga ko’zingiz qiymayotgan kiyimlarni uyda kiyishni bas qiling! Aynan uyda siz eng yaqin insonlaringiz bilan birga bo’lasiz, shu sabab ham avvalambor ular uchun yaxshi ko’rinishga harakat qiling.
Ertalaki bu jarayonni odatga aylantiring va kuningiz mahsuldor o’tishini ta’minlagan bo’lasiz.
3-qoida. Taqsimlang va boshqaring
«Fly Lady» tizimining muhim asosi shundaki, qisqa muddatda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan ishlarni kichik qismlarga taqsimlab bajarishdadir.
Shuning uchun uyingizni yoki xonadoningizni dushanbadan jumagacha bo’lgan kunlar uchun taqsimlab oling va har kuni 15 daqiqa vaqtni tozalshga sarflang – ko’p ham emas, kam ham emas! .
Har kuni bitta xona, agarda xonalar kichikroq bo’lsa, unda ikkita hudud, masalan, bolalar xonasi+vannaxona, oshxona+ovqatlanish xonalarini birlashtirib, tozalang.
Qoidalarni amalda qo’llasangiz, natijasi sizni uzoq kuttirib qo’ymaydi.
Maqolaning ikkinchi qismida siz tartibni nafaqat uyda, balki o’z faoliyatingizda ham qo’llash, nima uchun dam olish kunlaridan ozalash bilan shug’llanmaslik kerak va shunga o’xshash qiziqarli ma’lumotlarga ham ega bo’lasiz.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
2 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Rahmat katta. Bundan tashqari uy uchun, dasturxon bezashda har xil yangiliklar haqida ham ma’lumot bersangiz. Bilasizmi? Hozir faqat chiroyli, hashamdor, turli xil jihozlarga to’la uylar uchun maslaxatlar ko’p. Lekin tabiiyki, ko’pchiligimiz oddiy uslubdagi uylarda istiqomat qilamiz. Shularni chiroyli qilib, yanada ko’rk berish uchun nimalar qilish kerakligi haqida ma’lumotlar berilsa juda xursand bo’lardik. Rahmat. Zira saytini har doim kuzataman. Bu bir iltimos xolos. Ishlaringizga rivoj. Alloh madadkor bo’lsin
Iliq fikrlaringiz uchun sizga ham katta rahmat! Albatta shunday mavzularda ham maqolalar yozamiz. Biz bilan birga qoling 🙂