Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Suli yormasidan kisel
Yaqindagina Toshkentda yana bir yangi mahsulot sotuvga qo’yildi – Rossiyaning «Soyuzpisheprom» ishlab chiqaruvchilaridan suli yormasidan qilingan kisel. Bizlar uning ikki xili: gilosli va qorag’atlisidan xarid qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bundan oldin hali bunday mahsulotni uchratmaganimiz, ularning kam kaloriyaligi va sog’lom taomnoma yozuvi bilan bunday kisellar bizni qiziqtirib qo’ydi.
Qadog’i
Mahsulot oddiy plastik butilkalarga solingan bo’lsada, ammo ustidagi «zdorovoe menu», «dlya veganov», «minimum kaloriy» degan yozuvlari bilan o’ziga qiziqtirib qo’yadi.
Mahsulotning hajmi — 330 millilitrв.
Ta’mi
Eng asosiysi esa bu ta’mi. Kisel yoqimli va silliq ko’rinishda.
Ta’mi ham unchalik shirin emas, biroz nordonroq, ayniqsa tabiiy meva ta’mli qorag’atlisi. Agarda siz unchalik shirin bo’lmagan ichimliklarni yoqtirsangiz, unda bunday kisellar yanan siz uchun.
Bunday ichimlikni nonushtada, ishda, mashg’ulotlardan oldin va keyin iste’mol qilish mumkin.
Tarkibi
Tarkibi yaxshi: ichimlik suvi, suli yormasi, shakar, qorag’atning quyuq sharbati, tuz.
Gilosli kisel tarkibi: ichimlik suvi, suli yormasi, shakar, makkajo’xori kraxmali, gilos pyuresi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 40-50 kKal bo’lib, 1,0 gramm oqsillar, 0,1 gramm yog’lar, 9.0 gramm uglevodlar.
Qayerdan xarid qilish mumkin
Bu mahsulotni Toshkentning savdo shaxobchalaridan o’rtacha 7000-7500 so’mga xarid qilish mumkin.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.