A’lo darajali piknik: Cheklist
Ochiq osmon ostida pikniklar uyushtirib, kaboblar pishirish mavsumi ham boshlandi. Tabiat qo’ynida a’lo darajada dam olish uchun nimalarga e’tibor qaratib, nimalarni oldindan tayyorlab qo’yish haqida ma’lumot beramiz.
Oldindan rejalashtiramiz
- Joyni tanlang – u katta ko’chadan uzoqroq va soya joyda bo’lsin
- Kiyimlarni tayyorlab qo’ying. Tabiat qo’yniga yoz oyida chiqayotgan bo’lishingizga qaramay, issiqroq kiyim-kechak va paypoq, yopiq oyoq kiyimlarni zaxira sifatida birga oling
- Piknikka iloji bo’lsa yo’l tirband bo’ladigan vaqtda chiqmang, bu o’z navbatida kayfiyatingizga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin
- Avvalambor ob-havo ma’lumoti bilan oldindan tanishib chiqing.
Ovqat
- Suv
- Non
- Yo’lda yeyish uchun tamaddi – batonchalar, krekerlar, quruq mevalar, yong’oqlar, olma va suxarilar
- Go’sht – kabob uchun marinadlangan go’sht yoki mangal uchun muzlatilgan sosiska/sardelka/kotletlar
- Grill tovug’i – agarda hech narsa pishirmasangiz
- Somsa, pirog, mini burger yoki pitsalar
- Tuz va murch
- Ho’l mevalar
- Yangi uzilgan sabzavotlar
Idish-tovoq
- Bir martalik idishlar: likopcha, stakan, sanchiq, qoshiq
- Termos
- Kichikroq taxtakach va pichoq
- Qog’oz sochiqlar
- Mahsulotlar uchun sumka yoki savat
- Muzqaymoq-yaxna ichimliklarni olib borish uchun sumka-muzlatgich
Shaylanish
- Mangal yoki grill
- Gugurt
- Kattaroq choyshab va gilamcha
- Kattaroq soyabon
- Yig’iladigan stullar
- Yostiq
- Chiqindi uchun yelim xalta
- Fonarcha
- Pul
Kiyim-kechak
- Almashtirish uchun kiyim
- Jinsi yoki shim
- Bir necha juft paypoq
- Qulay yopiqroq oyoq kiyimi
- Shlyapa, kepka va ko’zoynak
- Ich kiyim
- Cho’milishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, unda cho’milish kiyimi va shunga mos oyoq kiyim
Shaxsiy aksessuarlar
- Quyoshdan himoya qiluvchi krem
- Toza ichimlik suvi
- Hasharotlarga qarshi sprey yoki krem
- Nam salfetkalar
- Hojatxona qog’ozi
- Fonarcha
Dori-darmonlar
- Bosh og’rig’iga qarshi vosita
- isitma tushiruvchi vosita
- Allergiyaga qarshi vosita
- Ovqatdan zaharlanganda kerakli vosita
- Yod, spirt
- Bint va plastir
O’yin-kulgu uchun
- Badminton uchun raketka
- Shaxmat va shashka
- Tvister
- Bolalar uchun o’yinchoqlar
- Kitob/ jurnal
- Portativ kolonkalar
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.