Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Rabinson» konservalangan tunets balig’i
Yaqindagina bizlar supermarketlarning birida yangicha mahsulot – Eronda ishlab chiqarilgan konservalangan tunets balig’iga ko’zimiz tushdi. Tunets balig’i juda mazali va foydali ekanligini bilgan holda, bu mahsulotdan ta’tib ko’rishga qaror qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar savdo shaxobchalariga shunchaki bormaymiz, balki yangi bir mahsulotni qidirish va u haqida siz azizlarga ham ma’lumotlar berish maqsadida tashrif buyuramiz . Konservalangan tunets balig’i tabiiy, foydali va juda oziqlantiruvchi baliq ekanligi sabab ham so’nggi paytlarda talabgor mahsulotlardan biridir.
Bizlar undan xarid qilib, darhol u bilan salat, pishiriq va taom ham tayyorladik. Hammasining ta’mi barcha xodimlarimizga birdek manzur keldi.
Qadog’i
Konservalangan baliq siyohrang tunuka idishda bo’lib, ustida «Rabinson» va «Premium Quality» (yuqori sifatli) yozuvlariga ko’zingiz tushadi.
Bir bankadagi tunets balig’ining og’irligi 180 grammni tashkil qiladi.
Ta’mi
Yog’da konservalangan tunets balig’i o’z sharbatiga yopilganiga qaraganda anchagina nafis va mazaliroq ekan.
Bu mahsulot o’zida ko’p miqdordagi baliq moyi А, Е va barcha В guruh vitaminlarini saqlaydi.
Bunday baliq qayta termik ishlov berilgandan keyin ham o’zining ozuqaviy qiymatini yo’qotmaydi. Shu sabab ham xarid qilayotganda aynan shu mahsulotga ahamiyat qaratish joiz deb bilamiz.
Bizning sahifada siz ko’p miqdordagi tunets balig’idan qilingan taomlar ro’yxati bilan tanishishingiz mumkin.
Tarkibi
Shuningdek bu mahsulotning tarkibi ham bizlarga juda manzur keldi.
Sarg’ish rangli tunets baliq filesi 80,5%, o’simlik yog’i 18%, tuz 1,5%.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 29,13 gramm oqsillar, 8,21 gramm yog’lar, 0 gramm uglevodlar.
Qayerdan xarid qilish mumkin
Bu konservalangan baliqni bizlar Makro supermarketidan 16 990 so’mga xarid qildik. Shuningdek uni shaharning boshqa savdo shaxobchalaridan 15 000 dan 17 000 so’mgacha narxda uchratish mumkin.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.