Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Musaffo klassik ta’mli yogurtlari
Siz o’zimizda ishlab chiqarilgan Musaffo yogurtlaridan ta’tib ko’rishga ulgurdingizmi? Bizlar Musaffo klassik yogurtlaridan xarid qildik va taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz.
Taassurotlarimiz bilan bilan bo’lishamiz
Bizlar yogurtga ijobiy munosabatda qaraymiz. U nonushta va kechki ovqat uchun ajoyib qo’shimcha bo’la oladi. Shu sababdan ham bizlar o’zimizga tanish brenddan och ko’k rangli yogurtlarni ko’rganimizdabundan albatta ta’tib ko’rishga qaror qildik. Musaffo yogurtlarining uch xili sotuvga qo’yilgan bo’lib, ular banan, qulupnay va klassik yogurtlar. Bizlar klassik ta’mdagi yogurtdan xarid qildik va bundan umuman afsuslanmadik.
Yogurt yoqimli ta’mda bo’lib, bundan tashqari u birga ishga olib borish yoki bolalarga maktabga berib yuborishga juda qulay.
Qadog’i
Yogurtlar plastik idishchalarda, usti folga qog’oz bilanbyopilgan holatda sotilmoqda. Вir dona mahsulotning og’irligi – 125 gr.
Ta’mi
Yogurt yoqimli ta’mda bo’lib, ko’rinishi esa silliq va quyuq. Unchalik shirin bo’lmay, yoqimli nordon ta’mi bilinib turadi.
Tarkibi
Tarkibi oddiy va tushunarli bo’lganligi bizlarni xursand qildi: normallashtirilgan sut, shakar, «Vanil» aromatizatori, stablizator, bakterial achitqi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: : 70 kKal bo’lib, 3,2 grammini oqsillar, 2 grammini yog’lar, 10.2 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Saqlash muddati: +2 dan +6 gacha 2 oy.
Qayerdan xarid qilish mumkin
Musaffo yogurtlarini Korzinka.uz supermarketlaridan 2 990 so’mga xarid qilish mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!