Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Nestledan Decoration qulupnayli oq shokoladi
Bizlar nafaqat mazali, balki qiziq va yangicha mahsulotlarning ham shinavandalarimiz. Shu sababdan ham Nestledan savdoga qo’yilgan yangicha bezakli shokoladlaridan xarid qilmay o’ta olmadik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Savdo shaxobchalarida Nestledan bir necha xildagi bezakli shokoladlar sotuvga qo’yilgan. Bugun esa avval qulupnayli oq shokolad haqida gapirib bermoqchimiz.
Qadog’i
Shokolad folgali, o’ziga tortuvchi tillarang qog’ozlarda qadoqlanilgan. Shuningdek ustida shokoladning qanday ko’rinishda ekanligi ham aks etgan. Bunday bejirim shokolad uchrashuvga chiqqanda birga olib borsa bo’ladigan ajoyib sovg’a yoki oila davrasida choy bilan iste’mol qilsa bo’ladigan yoqimli shirinlik vazifasini bemalol uddalaydi.
Mahsulotning og’irligi — 85 gramm.
Ta’mi
Shokolad mayin, yogurt va qulupnayli ta’mda. Shokoladli glazur va guruchli pufakchalar esa unga o’zgacha bayramona ko’rinish berib turibdi. Shokolad og’izda darrov erib ketmaydi, bu esa uning haqiqiy ta’midan bahramand bo’lish uchun ayni muddao. Shokolad tarkibida quritilgan qulupnaylar mavjud.
Tarkibi
Shakar, kakao yog’i, quruq sut, qirilgan kakao, yog’sizlantirilgan quruq sut, soya letsitini, vanilin.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 520 kKal bo’lib, 7 grammini oqsillar, 31 grammini yog’lar, 49 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Nestledan decoration qulupnayli oq shokoladlariniz bizlar Makro supermarketlarining biridan 8 990 so’mga xarid qildik.
Не забывайте подписываться на наш телеграм канал, чтобы быть в курсе новых рецептов и материалов!
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.