Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: quyon go’shti
Savdo peshtaxtalarida yangi mahsulot sotuvga qo’yildi – bo’laklarga bo’lingan quyon go’shti.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar ilk bor bunday mahsulotni ko’rganimizda juda quvonib ketdik. Har qanday bekajonlar ham o’z taomnomasiga yangiliklar kiritishni xohlaydi, quyon go’shti esa bunda beminnat yordam beradi. Quyon go’shtini juda ko’p usulda tayyorlash mumkin bo’lib, ammo ulardan eng ko’p qovurish va dimlab pishirish qo’llaniladi. Bizlar uni smetanali qaylada dimlab pishirdik, ta’mi esa barchamizga manzur keldi.
Qadog’i
Qadog’ida nimtalangan quyon go’shti bo’lib, usti rangsiz yelim qog’oz bilan yopilgan. Bu esa o’z navbatida uning tashqi ko’rinishini yaxshilab ko’rib, so’ng xarid qilishni ta’minlaydi. Go’sht muzlatilgan holatda sotiladi, go’sht erib yumshagandan so’ng ham birinchi holatini saqlab qoladi.
O’ziga xosligi va ta’mi
Go’sht yumshagandan so’ng oq-pushti rangga kirdi, bu esa yosh quyon go’shtiligidan dalolat beradi.
Quyon go’shti parhezbop mahsulot sanaladi, oqsilni ko’p saqlashi bilan tovuq go’shtiga tenglashtiriladi. Quyon go’shti oqsilining 90% i organizmga so’riladi. Mol go’shtining esa faqatgina 60%i organizmga so’riladi. 4–5 oylik quyonlar eng foydalisi sanaladi.
Qayerdan xarid qilish mumkin
Quyon go’shtini bizlar Makro tarmog’idagi supermarketlarning biridan xarid qildik.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
2 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
narxi qancha ekan
Assalomu alaykum zira.uz ijodkorlari.Sizlarni juda yaxwi ko’raman,uslubingiz o’ziga hos! Quyon go’shti haqidagi ma’lumot uchun ham katta rahmat.,manga o’xwab uydan juda kam chiqadigan ayollar uchun ma’lumotlaringiz asqotadi.Ramazon oyi yaqinlashmoqda,saharlik,iftorlik uchun sizdan foydali retseptladan kutib qolamiz.Alloh ishlarizdan rozi bo’lsin.