Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Dr.Naturi ko’p donli makaronlar
Rossiyaning Dr.Naturi nomli ishlab chiqaruvchilari O’zbekiston bozorlariga yangicha makaron mahsulotlarini sotuvga chiqardi.
Bizlar tarkibida bug’doy, arpa, suli va javdarni saqlovchi ko’p donli spagettidan xarid qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Mahsulotning o’ramida yozilganidek ko’p donli bu makaronlar qomat uchun zarar keltirmaydigan bo’lib, boshqa shunga o’xshash mahsulotlarga qaraganda ikki hissa ko’proq ozuqaviy tolalarni o’zida saqlaydi. Spagettilarning rangi esa odatiylaridan biroz to’qroq rangda.
Qadog’i
Mahsulotning o’rami ochiq ranglarda bo’lib, mahsulotning foydaliligini ta’kidlab turadi. Old tomonida makaronlarning nafaqat foydaliligi, balki juda mazali ta’mdaligi ham yozilgan. Shuningdek tayyorlash usullari ham alohida ko’rsatib o’tilgan.
Tarkibi
Spagetti tarkibini — bug’doyning qattiq navidan qilingan yuqori navli un, ko’p donli yanchilgan un (suli, arpa, javdar), suv tashkil qiladi.
Energetik qiymati
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati 350 kKal bo’lib, 12,0 gr oqsillar, 2,0 gr yog’lar, 68,0 gr uglevodlar va 6,0 gr ozuqaviy tolalar.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.