Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Nataxtari» limonadlari
Gruziyaning «Lomisi» ishlab chiqaruvchilaridan taqdim etilgan «Nataxtari» limomadlari savdo peshtaxtalarida diqqatimizni o’ziga tortdi.
Ichimliklarning turfa xilligi va antiqa nomlanishlari bizlarni hayron qoldirdi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar uch xil ta’mli limonadlardan xarid qildik — feyxoa, nok va tarxun. Bu uch xil limonadlarning hammasi yorqin va tetiklashtiruvchi ta’mda. Ichimliklarning shirasi esa juda past. Bu esa bizlarga juda manzur keldi. Bizning xodimlarga feyxoa limonadi hammasidan ham ko’proq yoqdi.
Qadog’i
Limonadlar 0,5 litrli butilkalarga quyilgan bo’lib, burama qopqog’ini ochish juda oson. Ammo ochilgandan so’ng u qayta yaxshi yopilmaydi, bu esa havo pufakchalarining tezda tarqalib ketishiga sababchi bo’ladi.
Tarkibi
Limonadning tarkibi «Nataxtari» tog’ buloq suvi, shakar, aromatizator, konservant (natriy benzonat), limon kislotasi, bo’yoqlar.
Energetik qiymati
100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati 52 kKal bo’lib, 0 gr yog’lar, 0 gr oqsillar, 13 gr uglevodlarni tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Makro supermarketlarida 0,5 litrli bunday limonadlarni 9 900 so’mga xarid qilish mumkin.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.