Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Prostokvashino» siroklari
Siz «Prostokvashino»dan savdoga qo’yilgan siroklardan ta’tib ko’rishga ulgurdingizmi? Bizlar ulardan ta’tib ko’rdik va fikrimizni sizlar bilan baham ko’ramiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Tvorogli siroklar bolajonlarning eng sevimli shirinliklaridan biridir. Bizlar ularning uch xilidan xarid qildik: qaynatilgan quyultirilgan sutli, qulupnayli va vanilli.
«Prostokvashino» siroklarining ta’mi bizlarga juda yoqdi, ularni o’zimiz bilan birga olib yurishda, bolalarga maktabga olib borishlari uchun berishda juda qulay. Ammo ularning kichkina hajmdaligi unchalik yoqmadi, ular yanada kattaroq bo’lsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Qadog’i
Siroklar oq-ko’k rangli folgali qadoqlarda bo’lib, ularni ochish juda oson, hatto yosh bolalar ham buni uddalay olishadi.
Mahsulotning og’irligi 40 grammni tashkil etadi.
Ta’mi
Qaynatilgan quyultirilgan sutli sirok
Siroklarning shokoladli glazuri silliq, hech qanday yoriqlarsiz, uni kesganimizda esa qalin asosga ko’zimiz tushadi. Quyultirilgan sutli asosi esa o’z navbatida quyuq, oqib ketmaydi.
Siroklarning shirasi me’yorida, qaymoqli ta’mda bo’lib, vanilning mayin ta’mi ufurib turadi.
Qulupnayli sirok
Bu sirok ham silliq ko’rinishda bo’lib, mayin shokolad va qulupnay ta’mda. Uni tishlaganimizda qulupnayli asosga ko’zimiz tushadi, ammo u quyultirilgan sutli sirokga nisbatan kamroq miqdorda. Qulupnayli jem yorqin ko’rinishda, ko’rinishidan jelega o’xshab ketadi.
Vanilli sirok
Bu sirokning ichi hech qanday qo’shimchalarsizdir. U mayin qaymoq-vanilli ta’mda bo’lib, ozroq yog’liroqdir. Ammo yog’liligiga qaramay, sirok mazali ta’mda bo’lib, bizlarga juda yoqdi.
Barcha siroklarning qalin shokolad bilan qoplanganligi bizlarga yoqdi. To’g’ri, bunday shirinlikdan har kuni yeb bo’lmaydi, ammo har zamonda o’zimiz va bolalarni siroklar bilan siylashimiz mumkin.
Tarkibi
Qaynatilgan quyultirilgan sutli sirok
Tvorogli asos (tvorog, shakar, sariyog’, Е1414 quyuqlashtirgichi, stablizatorlar, aromatizatorlar, kaliy sorbat, glazur (shakar, kakaoni o’rnini bosuvchi (palma yog’i (stearin) hidsizlantirilgan, emulgator – tristearat sorbitan ), kakao kukuni, shakar, suv, quruq sut, o’simlik yog’i, emulgatorlar – soya letsitini, Е476, aromatizatorlar).
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 367 kKal bo’lib, 7.7 grammini oqsillar, 21.2 grammini yog’lar, 36.4 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Qulupnayli sirok
Tvorogli asos (tvorog, shakar, sariyog’, Е1414 quyuqlashtirgichi, stablizatorlar, aromatizatorlar, «Qulupnay» to’ldirgichi, kaliy sorbat, glazur (shakar, kakaoni o’rnini bosuvchi (palma yog’i (stearin) hidsizlantirilgan, emulgator – tristearat sorbitan ), kakao kukuni, emulgatorlar – soya letsitini, Е476, aromatizatorlar).
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 354 kKal bo’lib, 6.8 grammini oqsillar, 19.9 grammini yog’lar, 36.9 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Vanilli sirok
Tvorogli asos (tvorog, shakar, sariyog’, Е1414 quyuqlashtirgichi, stablizatorlar, aromatizatorlar, kaliy sorbat, glazur (shakar, kakaoni o’rnini bosuvchi (palma yog’i (stearin) hidsizlantirilgan, emulgator – tristearat sorbitan ), kakao kukuni, emulgatorlar – soya letsitini, Е476, aromatizatorlar).
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 365 kKal bo’lib, 7.9 grammini oqsillar, 22.3 grammini yog’lar, 33.2 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.