Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Crafers krekerlari
Unchalik shirin bo’lmagan yeguliklarni xush ko’ruvchilar uchun Crafers ishlab chiqaruvchilari yaqinda yana bir yangi mahsulot – krekerlarni taqdim etishdi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Sotuvda krekerlarning har xil ta’mlilarini uchratish mumkin. Ammo bizlar ularning ikki xilidan xarid qildik: smetana bilan ko’k piyoz va kabobli. Qizig’i shundaki, bu krekerlar yog’da qovurilmagan bo’lib, balki pechda pishirib olingan.
Qadog’i
Krekerlar folgali xaltachalarga solingan. Qadog’ining dizayni esa bizlarga yoqdi. Ularni birga olib yurish juda qulay.
Mahsulotning og’irligi — 100 gramm.
Ta’mi
Siz biror marta tuzli vaflilardan yeb ko’rganmisiz? Bizlar esa yo’q, shu sabdan ham uning ta’mi bizlarni hayron qoldirdi. Qarsildoq, yupqa, tillarang, kabob, smetana va ko’k piyoz ta’miga boy krekerlar – xuddi vaflilarga o’xshab ketadi!
Ularning tuzi me’yorida, ta’mi esa neytral desak ham bo’ladi. Havodek yengil krekerlar likopchadan qanday qilib tugab qolishini sezmay ham qolasiz. Televizor oldida o’tirganda yoki kitob o’qiyotganda ajoyib yegulik hisoblanadi.
Tarkibi
Yuqori navli bug’doy uni, aromatizator, tuz, shakar, tuxumli melanj, soya letsitini, natriy gidrokarbonat qabartmasi, pista yog’i, limon kislotasi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 380 kKal bo’lib, 11.5 grammini oqsillar, 2.5 grammini yog’lar, 75 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qanchaga xarid qilish mumkin
Vaflili krekerlarni bizlar Crafers savdo shaxobchalaridan 3 700 so’mga 1 o’ramini xarid qildik.