Go’sht yumshoq bo’lib chiqishi uchun nima qilish lozim
Taomning pishgandan so’ng uning quruq va qattiq bo’lib qolish holati sizda ham kuzatilib turadimi? Bunday muammoni qanday qilib bartaraf etish mumkinligi haqida bugun gapirib beramiz.
Go’shtni to’g’ri tanlash
Eng oddiy maslahat. Tayyorlash uchun ko’p vaqtni sarflamaslik uchun go’shtni yumshoq joyidan tanlash lozim. Qovurg’a, qo’l va bo’yin qismi qattiqro hisoblanadi. Eng yumshoq va mayin qismi bu qors va biqin, shuningdek orqa mag’zi go’shti ham hisoblanadi.
Agarda vaqtingiz bemalol bo’lsa, unda to’sh go’shtini, hatto dumg’azasini ham yumshoqina qilib pishirishning ioji topiladi.
Kislotadan foydalaning
Go’sht – bu oqsildir. Oqsillar halqachalardan iborat. Ular qanchalik zich bo’lsa, go’sht shunchalik qattiq bo’ladi. Kislotaning vazifasi nima? U halqachalarni tekislaydi, ularning bog’lanuvi esa susayadi. Demak, tabiiyki, go’sht ham yumshab qoladi.
Demak go’sht ustidan sirka yoki limon kislotasidan quyish lozim. buning uchun esa kislotani o’zida saqlovchi mahsulotlardan solishning o’zi kifoya. Quyidagi masalliqlar esa o’zida kislotani saqlaydi:
- qatiq, kefir va smetana;
- piyoz;
- vino;
- olma;
- shakar;
- shokolad;
- anor sharbati va boshqalar.
Tuzdan ham foydalaning
Tuz ham go’shtga xuddi kislotadek ta’sir ko’rsatadi, faqat birzo sustroq. ПShuning uchun ham marinadlarga tuz solishadi. Shoshilmang, tuz vazifasini bajarishi uchun kamida 40 daqiqaga marinadlkab qo’ying.
Aytgancha, go’shtni marinadlab qo’yilsa, tuzli suvga ivitilsa yoki shunchaki tuz sepib qo’yilsa, qovurish jarayonida uning mag’zida ko’proq sharbati qolaidi.
Go’shtni to’g’ri eritib oling
Go’shtni tezda eritish yo’li haqida unuting. Agar siz go’shtni qaynoq suvga solisangiz yoki mikroto’lqinli pechda eritib olsangiz, natijada go’sht bamaza va quruq bo’lib pishadi. Go’sht mag’zidagi muz kristallari tez erishi natijasida, uning tarkibi buzilib ketadi.
Go’shtni eritish uchun bir kecha oldin muzlatgichdan olib, sovutgichning eng tepa qismida saqlang. Uzoq erish natijasida uning tarkibi o’zgarmaydi va go’sht o’z mazasini saqlab qoladi.
Go’shtni biroz muddatga tindiring
Agarda siz go’shtdan steyk pishirsangiz, qovurib olsangiz yoki gaz pechida pishirib olsangiz, uni darrov dasturxonga tortmang. Uni biroz muddatga tindirib qo’ysangiz, undagi sharbat bir maromda tarqalib, yanada mazali bo’lishini ta’minlaydi.
Go’sht bo’lagi kattaligiga qarab, 5 daqiqadan yarim soatgacha tindiriladi.
Go’shtni to’g’ri kesing
Bu juda qiziq qoida. Go’shtni ko’ndalangiga qarab kesib chiqing. Shunda go’sht yumshab pishib, uni chaynash ham ancha osonroq kechadi.
Go’shtni to’qmoqchada urish shartmi?
Go’shtni to’qmoqchada urish shart emas, chunki bunda uning strukturasi o’zgarib, uning ta’miga ham ta’sir qiladi.
Ammo shunday taomlar ham borki, bunda ularni urmaslikdan boshqa iloj yo’q. Masalan, steyk, steyk, shnitsel va ruletlar.
Bu maslahatlarimizga amal qilib ko’ring, foydasi tegishi aniq.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.