Peshtaxtaladagi qiziqarli mahsulotlar: Crafersdan zefir
Crafers o’zimizda ishlab chiqaruvchilar yangidan-yangi mahsulotlari bizlan bizlarni xursand qilishda davom etishmoqda. Bugun bizlar vanil va shokolad ta’mli zefirlar bilan sizlarni tanishtirmoqchimiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar zefirdan ko’p marotaba tayyorlab kko’rganimiz uchun ham, u qanchalik mayin va qanday ta’mda bo’lishi kerakligini juda yaxshi bilamiz. Agar zefir shokoladli glazur bilan qoplansa, yanada mazaliroq chiqadi.
Crafersdan ishlab chiqarilgan zefir bizlarga manzur keldi. Ularning shirasi me’yorida, mazali va to’yimli ham ekan. Ulardan bir nechta iste’mol qilinsa, ishtahani ham yo’qotadi.
Qadog’i
Zefir ham xuddi pechenyelardek folgali paketlarda bo’lib, ichidan ularning shikastlanmasligi uchun ham plastik konteynerlarga terib chiqilgan. ,Ichida 6 dona zefirlar mavjud.
Mahsulotning og’irligi — 190 gramm.
Ta’mi
Zefir nafis va ishtahaochar ko’rinishda bo’lib, ustidagi glazuri yaltirab turadi.
Shirinlik yumshoq, tishlashda shokoladli glazur qirsillashi eshitiladi. Zefirning ham, glazurining ham ta’mi bizlarga juda yoqdi.
Siz ham Crafersdan ishlab chiqarilgan zefirlardan ta’tib ko’rmoqchi bo’lsangiz, unda saqlash muddatiga e’tibor bering, chunki u atigi 1 oydir. Aytgancha, zefirlar jelatin bilan emas, balki tabiiy o’simliklardan olingan agar-agar bilan tayyorlanilgan.
Tarkibi
Shakar, shokoladli sutli glazur (shakar, quruq sut, kakao yog’i, qirilgan kakao, yog’sizlantirilgan quruq sut, soya letsitini, vanilin), olmali pyure, kraxmalli shinni, quruq tuxum oqi, agar-agar, limon kislotasi, aromatizatorlar.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 350 kKal bo’lib, 2 grammini oqsillar, 8 grammini yog’lar, 67 grammini uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Shokolad bilan qoplangan qaymoq-vanilinli zefirlarni bizlar Crafers savdo do’konidan o’ramini 9 500 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
нега узбеклар тилини хурмат килмийди? Нега ХАММА ёзувлар рус тилида? факат бу эмас, Узбекистондаги ХАММА ишлаб-чикарувчилар ФАКАТ рус тилида ёзишади? НИМАГА?