Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Volokonovskoe» quyultirilgan qaymog’i
Yaqinda supermarketlarda bizlar navbatdagi yangi mahsulotni uchratdik: Rossiyada ishlab chiqarilgan «Volokonovskoe» quyultirilgan qaymog’i. Ta’tib ko’rish uchun xarid qildik va taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Biz quyultirilgan sutni sevib iste’mol qilamiz.
«Volokonovskoe» savdo belgisi o’zining sutli mahsulotlari bilan asosan Rossiyada yaxshi tanilgan. Biz o’zimizda ularning mahsulotlarini bundan oldin hech ham uchratmagan edik. Mahsulotning ta’mi bizga juda yoqdi, shu bilan birga u bolaligimizda iste’mol qiladigan quyultirilgan sutimizni yodimizga soldi.
Qadog’i
Quyultirilgan qaymoq oddiy plastik konteynerga quyilgan. Qopqog’i hech qanday qiyinchiliklarisz, oson ochiladi. Qopqog’i ostida himoya pelyonkasi ham mavjud.
Qadog’ining dizayni yoqimli sarg’ish rangda bo’lib, bir qarashdayoq ishtahani ochib, undan tezroq xarid qilish istagini uyg’otadi.
Mahsulotning og’irligi — 400 gramm.
Ta’mi
Mahsulot silliq, unchalik quyuq ham emas, yaxshi holatda. Rangi – och sariq.
Quyultirilgan qaymoq hidi yoqimli, ozroq sutga ham o’xshab ketadi. Mahsulot esa haqiqatdan ham qaymoqli, tabiiy va to’yingan ta’mda bo’lib, yog’ yoki quruq sut ta’midan asar ham yo’q. Aytgancha, bu quyultirilgan qaymoq shirasi ham me’yorida bo’lib, iste’mol qilgandan so’ng ham suv ichish istagi uyg’onmaydi.
Biz uni qahvaga solib ko’rdik, qaymoq yaxshi erib, qahvamizni yanada mazaliroq qildi desak hech ham mubolag’a bo’lmaydi.
Tarkibi
Normallashtirilgan qaymoq, shakar (saxaroza), laktoza.
Aytgancha, ishlab chiqaruvchi mahsulotni ochgandan so’ng faqat besh kungacha saqlash mumkinligi haqida ta’kidlashi bizlarga manzur keldi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Volokonskie» quyultirilgan qaymog’ini bizlar Makro supermarketidan 1 bankachasini 13 990 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.