Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Crafersdan belgiyacha pechenyelar
Agarda siz ham shirinliklarni xuddi bizlardek xush ko’rib iste’mol qilsangiz, unda Crafersdan ishlab chiqarilgan pechenyelar haqidagi ma’lumotlar bilan qiziqib tanishasiz.
Taassurotlarimiz bilan tanishamiz
Crafers mahsulotlariga ko’zingiz tushib, balki allaqachon ta’tib ko’rishga ulgurgandirsiz. Yaqinda yana bir yangicha pechenye – Belgiyacha shokoladli pechenyelarni sotuvga chiqarishdi.
Bizlarga pechenyelarning ikki xil ko’rinishi ham juda yoqdi: ular issiq choy yoki bir stakan sut bilan ayni mudao.
Qadog’i
Pechenyelar folgali o’ramlarda bo’lib, ichida esa alohida plastikli konteynerlarga solib chiqilgan. Bu mahsulotning tashilishida uning butunligini saqlab, maydalanib ketishini oldini oladi.
Mahsulotning og’irligi — 225 gramm.
Ta’mi
Ikk xil pechenyelar ham qarsildoq, ammo og’izda tez erib ketuvchan. Ularning shokoladli asosi esa yong’oq va kakaoga to’yintirilgan bo’lib, shirasi ham me’yorida.
Belgiyacha shokoladdan vanil ifori kelib tursa, shokoladlilari esa kakao ta’miga boydir. Pechenyelardan noxush yoki yog’ hidi kelib turmaydi. Ta’mi esa barcha xodimlarimizga birdek manzur keldi.
Tarkibi
Belgiyacha pechenye
Yuqori navli bug’doy uni(38% dan kam bo’lmagan), shakar, konditerlik moyi, makkajo’xori kraxmali, tuxumli kukun(1% dan kamroq), yog’sizlantirilgan sut, emulgator: E322 soya letsitini, yong’oqli asos (shakar, o’simlik yog’i, sut zardobi, funduk, aromatizator), qabartma: E500 iste’mol sodasi, sut kislotasi, tuz, aromatizator.
Shokoladli belgiyacha pechenyelar
Yuqori navli bug’doy uni, shakar, konditerlik moyi, kakao kukuni, makkajo’xori kraxmali, tuxumli kukun, yog’sizlantirilgan sut, emulgator: soya letsitini, yong’oqli asos (shakar, o’simlik yog’i, sut zardobi, funduk, aromatizator), qabartma: E500 iste’mol sodasi, sut kislotasi, tuz, aromatizator.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Belgiyacha» pechenyelarni bizlar Crafers savdo do’konlaridan 6 900 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.