Tuz to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Nima deb o’ylaysiz, tuzning foydali tomonlari ko’pmi yoki zararli tomonlari? Bir kunda qancha miqdorgacha tuz iste’mol qilish mumkin? Shu va shu kabi qiziqarli ma’lumotlar haqida hozir gapirib beramiz.
Tuzning foydali xususiyatlari
Biz ko’pincha tuzning zararli tomonlari haqida o’ylaymiz-u, uning foydali tomonlari ham mavjudligi haqida tasavvurga ham ega emasmiz. Shunga qaramasdan, tuz organizmimiz uchun juda zarur bo’lib, chunki tuz bizning qonimiz, ko’z yoshimiz, ajralib chiqadigan terimiz uchun ham zarur hisoblanadi. Tuzning foydali xususiyatlari quyidagicha:
- u organizmni zaruriy moddalar bilan ta’minlaydi;
- ovqat hazm qilishda yordam beradi: oshqozon shirasining asosi hisoblanmish tuz kislotalarini ishlab chiqaramiz;
- yog’ va suv almashinuvini normallashtiradi;
- antiseptik mahsulot hisoblanib, oshqozondagi zararli bakteriyalarni yo’q qiladi;
- yurak va tomirlari faoliyati uchun zarur bo’lgan kislota-ishqorlar balansini me’yorlashtiradi;
- mushaklarni mustahkamlaydi;
- tishlarga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
Tuzning zararli tomonlari
Tuzni me’yoridan ortiq iste’mol qilish albatta zarardir. Inson tuzga o’rganib qoladi, ammo uni o’zi sezmaydi. Haddan ziyod iste’mol qilingan tuz suv-tuz balansini buzib qo’yadi.
Tuzni haddan ziyod ortiq iste’mol qilish esa buyrak, yurak, tomirlar va jigarga og’irlik qiladi. Shuningdek tuz ortiqcha vaznga sababchi ham bo’ladi, chunki u organizmdagi ortiqcha suyuqlikni ushlab turadi. Shuningdek u yana qon bosimini oshirad.
Bir kunda qancha tuz iste’mol qilish mumkin
Hech qanday tirik jonzot borki tuzsiz yashay olmaydi. Bir kunlik tuzning me’yori 7 grammni tashkil qiladi. Bu bir choy qoshiq tuz juda ko’pdek tuyulishi mumkin. Tayyor mahsulotlar, non, pishloqlar ham tuzlangan bo’ladi. Shu sababdan ham pishiradigan taomlarga tuzni me’yoridan kamroq solish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Qanday tuz foydaliroq hisoblanadi
Bizlar «Extra» navli tuzdan iste’mol qilishga o’rganib qolganmiz. U maydalangan, oppoq va toza ko’rinishda bo’ladi. Ammo tuz qanchalik quyi navda bo’lsa, shunchalik foydaliroq sanalar ekan.
Gap shundaki, «Extra» bu qayta ishlangan tuz bo’lib, undagi foydali moddalar kam miqdorda saqlanib qoladi. Uni asosan salatlarga, yirikroq tuzlarni esa issiq taomlarga ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Uni qayta ko’p ishlov berilmasligi sabab ham, undagi foydali moddalar saqlanib qoladi.
Savdo shaxobchalarida sotiladigan yodlangan tuzdan iste’mol qilish esa bizning mintaqamiz aholisi uchun juda muhim hisoblanadi. O’zbekistonning ko’pchilik aholisi yod tanqisligidan aziyat chekishadi. Shu sabab ham ovqat tayyorlashda yodlangan tuzdan solish kerak, to’g’ri bunda undagi foydali moddalarning bir qismi parchalanadi, ammo ulardan 70% saqlanib qolinadi.
Tuzni to’g’ri saqlash
Agarda siz yodlangan tuzdan xarid qilsangiz, uni to’g’ri saqlashga ahamiyat bering:
- tuzni yaxshi yopiluvchi konteyner yoki shisha idishda saqlash kerak;
- quruq, salqin va qorong’u joyda saqlash lozim, namlik va yorug’lik uning barcha foydali xususiyatlarini yo’qotadi;
- shu sababdan ham tuzni quruq qo’l yoki qoshiqda olib ishlatish lozim.
Ahamiyat bering: yodlangan tuz foydali xususiyatlarini 3-4 oygacha saqlab qoladi. So’ng esa yoddan asar ham qolmay, u oddiy osh tuziga aylanadi.
Pazandachilikda tuzning ahamiyati
Tuzdan to’g’ri foydalanib, taomni yanada yorqinroq ta’mga aylantirish mumkin bo’lib, aynan qanday quyida tanishib olasiz:
- agar yashil rangli sabzavotlarni tuzli suvda qaynatib olsak, ular o’z rangini saqlab qoladi;
- agar tuzni sarimsoqpiyoz bilan maydalab aralashtirilsa u o’zining hidini saqlab qoladi;
- agar qahva yoki issiq shokoladga bir chimdim tuz sepilsa, ularning ta’mi va hidi yanada yaxshilanadi;
- соль можно смешать с сухими ароматными травами, чесночным порошком и другими пряностями – так у вас получится ароматная соль для супов, соусов и вторых блюд;
- tuz shirinliklar bilan ham yaxshi kelishadi – u yegulik shirasini kuchaytirib, ajoyib ta’m kasb etadi. Masalan – tuzli karamel;
- tuzni quritilgan dengiz karami o’rniga solish ham mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Gap yo’q!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!