Rozmarin to’g’risda qiziqarli ma’lumotlar
Rozmarin – yangi uzilgan holatda ham, quritilgan holatda ham ishlatiladigan xushbo’y o’tdir. Rozmarinni qanday taomlarga va qancha miqdorda solish kerakligi haqida hozir batafsil gapirib beramiz.
Rozmarinning foydali xususiyatlari
Rozmarindan qadim zamonlarda dorivor vosita sifatida foydalanishgan. Uning foydali xususiyatlari to’g’risida har bir xalqda turlicha qarashlar bo’lgan: rimliklar uni xotirani yaxshilaydi deb hisoblashsa, greklar uning yordamida yaralarni davolashgan, xitoyliklar esa uning yordamida bosh og’rig’idan xalos bo’lganlar.
Hozirgi zamon olimlari esa rozmarinni o’rganib quyidagi xusisytalarini o’rganib chiqishgan: u o’zida juda ko’p miqdordagi efir moylarini, А va С guruh vitaminlarini, kaliy, kalsiy va natriyni saqlaydi. Rozmarinning quyidagi xususiyatlari ilmiy tasdiqlangan:
- u bosh, qorin va muskullar og’rig’ida yordam beradi;
- revmatizm, radikulit va fibromialgiyada yordam beradi;
- spazmda yordam beradi;
- oshqozon buzilganida ham yordam beradi;
- qon bosimi oshishini oldini oladi;
- mikrob va zamburug’larga qarshi kurashadi;
- antioksidant vositasini bajarib, miyadagi qarilik belgilari paydo bo’lishini sustlashtiradi.
Rozmarinning salbiy tomonlari
Rozmarin ziravor sifatida kam miqdorda ovqatlarga, choy va limonadlarga solishga yaxshi bo’lib, me’yoridan ortiq iste’mol qilinganda esa, ovqat hazm qilish tomonidan muammolarning kelib chiqishiga, bosh og’rig’iga va qon bosimining ko’tarilishiga sababchi bo’lishi mumkin. Quyidagi insonlar esa undan juda kam miqdorda tanovvul qilishlari kerak:
- homilador ayollar;
- Kron kasalligi, oshqozon yarasi va qorin sanchishi kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlarga;
- gipertoniya kasalligiga duchor bo’lgan kishilarga.
Agarda siz efir moylarini yoqtirsangiz, unda shuni bilib oling, rozmarin efir moyini iste’mol qilib bo’lmaydi.
Qanday rozmarin yaxshiroq hisoblanadi: yangi uzilganmi yoki quritilganmi
Bozor yoki supermarketlardan rozmarin xarid qilayotganingizda iloji bo’lsa yangi uzilganidan xarid qiling, chunki:
- birinchidan, u yumshoq va to’yingan ta’mda;
- ikkinchidan, quritilgan rozmarinni qanday sharoitda quritilganini bilmaysiz.
Quritilgan rozmarin o’tkir hidda bo’lib, yangi uzilganidan keskin farq qiladi. Shi sabab ham siz quritilgan rozmarindan ishlatmoqchi bo’lsangiz, unda haddan ziyod solmaslik yodingizdan chiqmasin. Shuningdek rozmarinni quritish jarayonida ba’zi bir efir moylari parchalanib ketadi.
Rozmarinni to’g’ri tanlash va saqlash
Sifatli rozmarin barglarida hech qanday dog’lar va yoriqlar bo’lmasligi, barglari osilib qolmagan bo’lishi lozim.
Rozmarinni sovutgichda to’g’ri saqlasangiz, u bir oygacha o’z sifatini yo’qotmaydi:
- birinchi usul: rozmarinni pergament qog’ozga o’rab, suvpurkagich bilan yaxshilab suv sepamiz va yelim xaltaga solib, sovutgichda saqlaymiz;
- ikkinchi usul: qo’l sochiq olib, uni namlaymiz va ichiga rozmarinni solib, o’raymiz. Sovutgichda saqlab, sochiqni vaqt-vaqti bilan namlab turamiz.
Pazandachilikda rozmarinning o’rni
Pishiradigan taom ta’mi buzilmasligi uchun rozmarin qanday mahsulotlar bilan yaxshi ta’mda chiqishini bilish katta ahamiyatga ega.
ziravorlar va xushbo’y o’tlar:
- petrushka;
- qora murch;
- toshcho’p va timyan;
- rayhon;
- mayoran;
- oregano.
Mahsulotlar va masalliqlar:
- mol va baliq go’shti;
- kartoshka;
- qo’ziqorin;
- pomidor;
- tuzlangan karam;
- pishloq;
- qovoqcha va baqlajon;
- pishiriqlar;
- pasta;
- qaylalar;
- choy;
- kompot va konservalangan mahsulotlar.
Yodda tuting: rozmarinni issiq taomlar tayyorlashda eng oxirida soling, chunki uzoq pishirish jarayonida undagi efir moylari parchalanib ketadi.
Rozmarin yordamida juda ham mazali bo’lgan taom – qadimiy usulda pishirilgan kartoshka, qovurilgan qo’ziqorin pishirish mumkin. Bizning rozmarin solib tayyorlaydigan taomlarimiz quyidagilardir:
- Fokachcha – ichi va ustiga turli xil asoslar rozmarin, zaytun mevalari va pomidorlar solinadigan juda mazali italyancha nondir;
- grissinlar — italyancha nonli tayoqchlar.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!
2 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Rozmarin ozimizni jambil kokatimi
Assalomu alaykum! Yo’q bu boshqa ko’kat