Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Kannelloni» makaronlari
Bizlarga italyancha taomlar juda yoqadi. Shu sababdanmi, italyancha Pasta Reggia brendi ostida ishlab chiqarilgan kannellonilarni ko’rib xarid qilmasdan o’ta olmadik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Kannelloni – ichiga har xil mahsulotlardan solib pishiriladigan katta-katta makaronlardir. Ularning teshiklari qalin, shu sabab ham buni udalash juda oson. Odatda kannellonilarga go’sht (pishloq va o’tlar bilan aralashtirilgan qiyma, sabzavotlar) solinadi, so’ng ustidan qayla quyib, gaz pechida pishiriladi. To’yimli va nihoyatda mazali taom hosil bo’ladi.
Bu brend ostida ishlab chiqarilgan makaronlarning ta’mi bizlarga juda yoqdi. Ular bug’doyning qattiq navidan tayyorlanilganligi sabab ham, shishib yoki yorilib ketmaydi. Aylanasi 3 sm atrofida. Shuningdek semirtirmaydi ham.
Qadog’i
Kannellonilar karton qog’ozlarda qadoqlanilgan. Makaronlar qattiq bo’lganligi sabab ham, bo’linib yoki sinib qolmagan.
Mahsulotning og’irligi 250 gramm.
O’ziga xosligi
Kannellonilarni tayyorlash juda oddiy. Ularni oldindan qaynatish shart emas: xom makaronlar ichiga asoslardan solinadi. Ularga asosdan solib, qolip yoki tovaga teriladi, pomidorli yoki beshamel’ qaylasidan quyib, gaz pechida pishirib olinadi. Ularning ustidan qirg’ichdan chiqarilgan pishloqdan sepib pishirilsa, yanada mazali chiqadi.
Asos sifatida solish mumkin bo’lgan masalliqlar ro’yxati juda uzun. Agarda siz ham xuddi bizlardek italyancha taomlar shinavandasi bo’lsangiz, unda bu makaronlar albatta sizga ham yoqadi.
Tarkibi
Qattiq bug’doy navidan tayyorlangan un, suv.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 350 kKal bo’lib, 11.5 grammini oqsillar, 1.5 grammini yog’lar, 73 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Kannelloni Pasta Reggia makaronlarini bizlar Makro supermarketidan bir o’ramini 18 890 so’mga xarid qildik.
Siz bizning telegram kanalga a’zomasmisiz? Unday bo’lsa, darhol a’zo bo’ling va mazali retseptlardan birinchilar qatorida xabardor bo’ling.