Greypfrut to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bugun greypfurut mevasining foydali xususiyatlari, ularni to’g’ri tanlash va saqlash kabi qiziqarli ma’lumotlar bilan sizlarni tanishtiramiz.
Greypfrutning foydali xususiyatlari
Greypfrutni bemalol superfud deb atash mumkin: u o’zida 400 dan ortiq foydali elementlar va antioksidantlarni saqlaydi. Greypfrutning foydali xususiyatlari quyidagicha:
- muntazam ichilgan greypfrut sharbati osteoporoz kasalligini oldini oladi va suyaklarni mustahkamlaydi;
- yurak-tomir kasalliklarini bartaraf etib, insultni oldini oladi;
- greyofrut o’z vazniga ahamiyat qaratuvchilarga ham juda qo’l keladi: undagi taxir ta’m moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi;
- greypfrut o’zida sutkalik C vitaminining 78 % ini saqlaydi;
- immunitetni mustahkamlab, bakteriyalar va viruslarga qarshi kurashadi;
- undagi efir moylari stressni bartaraf etib, yaxshi kayfiyat va xotirjamlik baxsh etadi;
- buyraklarda tosh yig’ilishining oldini oladi;
- milk kasalliklari va uning qonashini davolaydi;
- greypfrut qondagi shakar miqdoriga ta’sir ko’rsatmasligi sabab, uni qandli diabetga chalinganlarga ham iste’mol qilish tavsiya qilinadi;
- greypfrut qon bosimini tushiradi;
- bosh og’rig’ini qoldirib, uyqusizlikdan xalos etadi.
Greypfrutning barcha foydali xususiyatlarini qabul qilish uchun uni oq yupqa po’sti bilan iste’mol qilish kerak, chunki aynan shu taxir «pelyonka» o’zida ko’p vitaminlarni saqlaydi.
Greypfrutning zararli tomonlari
Afsuski bu foydali mahsulotni iste’mol qilishga qarshi ko’rsatmalar ham mavjud. Ulardan biri greypfrutni dorilar qabul qilayotganda iste’mol qilish mumkin emas, chunki greypfrut dorilar ta’sirini kuchaytirishi yoki aksincha susaytirishi ham mumkin.
Greypfrutni shuningdek oshqozon kislotasi yuqori bo’lgan insonlar, nefrit yoki gepatitga chalingan bemorlarga ham tavsiya qilinmaydi.
Greypfrutni quyidagi mahsulotlar bilan bir vaqtda iste’mol qilib bo’lmaydi:
- qo’ziqorinlar;
- yangi sog’ilgan sut;
- guruch;
- oq undan qilingan mahsulotlar.
Bir kunda nechtagacha greypfrutdan iste’mol qilish kerak
Shifokorlar greypfrutni bir kunda 1 dona iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Ammo shu bir donani ham bir nechta bo’lakka bo’lib, birdan yemaslik kerak. Greypfrutdan birdan ko’p iste’mol qilinganda quyidagi noxushliklarga duch kelish mumkin:
- birinchi navbatda jigar aziyat chekadi va zararli moddalarni chiqarilishi susayadi;
- tish emalining holati yomonlashadi;
- og’iz bo’shlig’ining shilliq qavati yemiriladi;
- oshqozin-ichak traktida muammolar yuzaga keladi.
Bularning hammasining sababo greypfrutning juda ko’p kislotalarni saqlashidadir.
Greypfrutni to’g’ri tanlash va saqlash
Mazali greypfrut tanlash uchun avvalambor uning hidiga e’tirob bering. Xushbo’y greypfrutni hidlash shart emas, u shu siz ham juda yaxshi seziladi.
Shuningdek uning po’sti tarang, hech qanday yoriqlar va dog’larsiz bo’lishi kerak.
Greypfrut qanchalik og’ir bo’lsa, u shunchalik sersuv va po’ti yupqa chiqadi.
Greypfrutni xona haroratida 2 kun, sovutgichda esa 10 kungacha saqlash mumkin. Undan so’ng esa greypfrut po’sti quruqlashib qolib, bemaza ta’mga kiradi.
Pazandachilikda greyfrutning ahamiyati
Greypfrutdan pazandachilikda keng foydalanishadi: masalan uni deser va gazaklarga, hatto quyuq taomlarga ham solishadi. Ko’p hollarda yog’li yoki yuqori kaloriyali taomlardan oldin greyfrutdan salat yoki sharbati tortiladi. Bu sitrus meva hazm qilish jarayonini tezlashtiradi.
Greypfrutni quyidagilarga ishlatish mumkin:
- salatlarga: greypfrut o’ida juda ko’p kislotalarni saqlashi sabab ham undan salatlar tayyorlanilsa, u oshqozondagi kislotalarning ta’sirini yumshatadi;
- shirin bo’lmagan salatlarga greypfrut avokado, pishloq, tovuq va dengiz mahsulotlari bilan yaxshi «kelishadi»;
- marinadlarga: tuz, to’g’ralgan ko’katlar va greypfrut sharbatida marinadlangan so’ng tovuq, mol va cho’chqa go’shti juda yumshab pishadi;
- pishiriqlarga: keks, tartlar va pechenyelarga apelsin o’rniga qo’rqmasdan greypfrutdan solish mumkin;
- shuningdek greypfrutni choy, salqin koktellar va glintveynga ham solishadi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.