Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Taris zaytun yog’i
Zaytun yog’i har bir ro’zg’orda bo’lishi shart bo’lgan mahsulotlardan biri deb hisoblaymiz. Va bizlar hech ikkilanishlarsiz quyidagi yog’ni sizlarga ham tavsiya etib qolar edik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlarning yaqindagina Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarning birida Turkiya ishlab chiqaruvchisi Tarisdan savdoga qo’yilgan bir necha xil zaytun yog’lariga ko’zimiz tushdi. Turkiyada mashhur bu mahsulotlar bizning ham bozorlarda paydo bo’la boshladi.
Taris zaytun yog’ining juda ko’p turlari mavjud bo’lib, ular orasida 1-sovuq siqim organik yog’ini ham uchratish mumkin. 2009 yilda bu yog’ dunyo bo’yicha yilning eng xushbo’y yog’i unvonini olgan. Pazandachilikka qiziquvchi ayollar uchun ham bu yog’ ajoyib sovg’a bo’la oladi.
Qadog’i
Yog’ turlari haqiqatdan ham juda ko’p. Ular har xil hajmli shisha va tunuka idishlarda qadoqlanilgan. 1 sovuq siqim yog’i esa to’q rangli shisha idishga solingan.
Yog’ solingan idishlar hajmi 150 millilitrdan 5 litrgacha.
O’ziga xosligi
Yog’larning har xil toifasini uchratish mumkin.
Extra Virgin – bu sovuq siqim natijasida olinadigan yog’ hisoblanib, uni asosan yaxna taomlarga solib iste’mol qilishadi. Bu zaytun yog’i nafaqat juda foydali, balki ta’m jihatdan ham eng mazalisi hisoblanadi.
Olive oil – bu uchinchi siqimdan olinadigan oddiy zaytun yog’i hisoblanadi. Bu yog’ ovqatlarni qovurish va dimlash uchun mo’ljallangan bo’lib, uning ta’mini mazaliroq qilish uchun unga Extra Virgindan solinadi.
Pure Olive Oil – eng arzon yog’ navi. Uni ham uchinchi siqimdan olishadi, ammo unga Extra Virgin yog’idan solinmaydi.
Bu yog’larning hammasini o’rganib, ta’tib ham ko’rdik va ta’mi bizlarga juda manzur keldi. Ammo eslab qoling: zaytun yog’ini salqin va qorong’u joyda saqlash, quyosh nuridan himoya qilish lozim. Chunki kislorod ham xuddi quyosh nuridek yog’ga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Keng ko’lamli zaytun moylarini faqat Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlardan quyidagi narxlarda xarid qilishingiz mumkin:
- Extra Virgin zaytun yog’i – 31 990 so’mha 150 ml;
- Extra Virgin zaytun yog’i – 19 990 so’mga 250 ml;
- Extra Virgin zaytun yog’i – 40 990 so’mga 500 ml;
- Extra Virgin zaytun yog’i – 71 990 so’mga 1000 ml;
- Tunuka idishdagi Extra Virgin zaytun yog’i – 69 990 so’mga 1000 ml;
- Tunuka idishdagi Extra Virgin zaytun yog’i – 136 990 so’mga 2000 ml;
- Tunuka idishdagi Extra Virgin zaytun yog’i – 329 990 so’mga 5000 ml;
- Organic Extra Virgin zaytun yog’i – 56 990 so’mga 500 ml;
- Aegean Extra Virgin zaytun yog’i – 56 990 so’mga 500 ml;
- Oddiy zaytun yog’i – 19 990 so’mga 250 ml;
- Oddiy zaytun yog’i – 35 990 so’mga 500 ml;
- Oddiy zaytun yog’i – 67 990 so’mga 1000 ml;
- Tunuka idishdagi oddiy zaytun yog’i – 64 990 so’mga 1000 ml;
- Tunuka idishdagi oddiy zaytun yog’i – 299 990 so’mga 5000 ml;
- Tunuka idishdagi Pure Oil zaytun yog’i – 126 990 so’mga 2000 ml.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
*Narxlar manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Reklama huquqi asosida.
2 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Ширина
Аргинал