Bayram dasturxoniga tayyorlasa bo’ladigan salatlar va gazaklar jamlanmasi
Bayram dasturxoni uchun nimalar tayyorlashni bilmasangiz, unda salatlar retseptlaridan tashkil topgan jamlanmamiz aynan siz uchun!
Go’sht va olxo’rili salat
Chiroyli, to’yimli va shu bilan birga juda mazali bu salat yangi yil bayrami dasturxoningizdan
alohida o’rin egallashiga hech shubha yo’q. Go’sht va olxo’rini noananaviy
uyg’unlashtirishdan hosil bo’lgan ta’m esa esa yosh-u qariga birdek yoqishi aniq.
Qizil baliqdan gazak (brusketta)
Brusketta- qovurilgan non bo’laklari bo’lib, ustiga har xil asoslar qo’yiluvchi, tayyorlanishi
oddiy, o’zi juda mazali bo’lgan gazak sanaladi. Sizlarga bugun ajoyib ta’mli qizil baliqdan
tayyorlaniladigan turini taklif qilamiz. Qizil baliq sifatida lasos yoki rangdor gulmohi (forel)dan
foydalanishingiz mumkin.
Cho’pchalarda terilgan «seld balig’idan shuba» gazagi
Yangi yilning sevimli salati bo’lmish «seld balig’idan shuba» ga yangicha ko’rinish baxsh
etdik, ya’ni endi u dasturxonga salat sifatida emas, balki gazak sifatida tortiladi. Ular bayram
dasturxoningizni bezashi aniq! Hammaga odatiy bo’lgan bu salatni noan’anaviy tarzdagi
ko’rinishi bizni bu yegulikka boshqacha ko’z bilan qarashga majbur etdi.
«Seld balig’idan shuba» verrinlari
Verrinlar deb stakanlarga solib tortiladigan salatlarga aytiladi. Ular chiroyli ko’rinishi bilan bir
qatorda, dasturxonga tortishda ham juda qulaydir. Bu salatni tortish uchun katta va kengroq
stakanlar juda qulay bo’lib, ularni to’ldirish ham bo’shatish ham juda oson. Did bilan
sabzavotlar terib chiqilsa, hatto oddiy sharbat uchun mo’ljallangan idishda ham salatimiz
o’zgacha joziba baxsh etadi.
Avokado va qizil ikradan muss
Avokado va qizil ikradan tayyorlangan mayin muss bayram stolingizning haqiqiy ko’rkiga
aylansa ajab emas. Bu gazakni tayyorlashning yana bir ijobiy tomoni, unga ko’pi bilan 10
daqiqa sarflashingizdadir. Biz bugun tayyorlaydigan mussni hajmi 60 ml li fujerga tortamiz,
siz esa o’z xohishingizga qarab istagan idish tanlashingiz mumkin.
Konservalangan makkajo’xori va kolbasali salat
Bu salatni tayyorlash shu darajada osonki, bunday salatdan tayyorlash hatto bolalarning
ham qo’lidan keladi. Shunga qaramasdan, u juda mazali va ajoyib ta’mda chiqadi.
Bu salat bo’sh vaqti kam bo’lgan ayollarimiz uchun haqiqiy topilmadir. Shuningdek bu mazali
salatni yangi yil dasturxoniga tayyorlashni tavsiya qilib qolamiz.
Batafsil fotoretsept: «Karqur uyasi» salati
Qanday yeguliklar tayyorlab, bayram dasturxonini bezatishni bilmasangiz, unda bu salat
retsepti aynan siz uchun. Usti qovurilgan kartoshka bilan yashiringan bu salat juda to’yimli va
mazalidir. Ustidagi “tuxum”larini ham bemalol iste’mol qilish mumkin.
Dudlangan lasos balig’i va avokadodan tayyorlangan salat
Noodatiy ta’m va ko’rinishdagi salatlardan tayyorlab, yaqinlaringizni lol qoldirishni istovchi
pazandalarimizga bu salat juda yoqadi. Bunga solinadigan masalliqlar avokado va lasos
balig’i nafaqat mazali, balki juda foydali ham hisoblanadi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.