Peshtaxtalardagi yangi mahsulotlar: Mister Choco smile shokoladli pasta
Shokoladli pasta surtilgan tostlar, quymoq va quymoqchalar nonushta uchun ajoyib yegulikdir. Shu sabab ham bizlar o’zimizda ishlab chiqarilgan yangi mahsulotni ko’riboq, undan xarid qilishga qaror qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Golden Wheat Tashkent o’zimizda ishlab chiqaruvchilar yaqinda yong’oqlar solingan yangi Mister Choco smile shokoladli pastasini sotuvga qo’yishdi. U quyuq, xushbo’y shokolad va yong’oq ta’miga juda boy.
Biz uni non va quymoqlarga surtib, shunchaki o’zini ham yeb ko’rdik. Uning quyuqligi sabab ham har xil pishiriqlarga solish mumkin deb o’ylaymiz.
Qadog’i
Shokoladli pasta apelsin rangli plastik qutichalarda qadoqlanilgan. Uning qopqog’ini ochish qiyin emas, ammo bizlar olga pastaning qopqog’i yaxshi yopilmadi. Pastaning qurisida u haqida barcha ma’lumotlar keltirilgan:tarkibi, saqlash muddati va ozuqaviy qiymati.
Mahsulotning og’irligi 500 gramm.
Ta’mi
Pasta juda silliq emas, unda yong’oq bo’lakchalari ko’rinib turadi. Agar uni xona haroratida qoldirsangiz, uning ustiga yog’i suzilib chiqadi, shokoladli pasta esa quyuqligini yo’qotmaydi.
Shokoladli pasta ta’mi shirin va yoqimli. Bizningcha bu pastani ayniqsa bolajonlar sevib iste’mol qilishadi.
Tarkibi
Kakao kukuni, o’rmon yong’og’i, shakar, yeryong’oq yog’i, o’simlik yog’i, yog’sizlantrilgan quruq sut, soya letsitini, tabiiy aromatizator.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 586 kKsl bo’lib, 2 gramm oqsillar, 40.6 gramm yog’lar, 66 gramm uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Mister Choco shokoladli pastasini bizlar Makro supermarketidan 18 890 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.