Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Javdar uni
Yaqindagina bizlar do’kon peshtaxtalarida yangi mahsulot «Oltin don»dan ishlab chiqarilgan javdar uniga ko’zimiz tushdi va undan xarid qildik. Taassurotlarimiz bilan bo’lishishga qaror qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Javdar uni – bozordagi ommabop mahsulot sanalmaydi. Shunga qaramasdan bunday un o’z qomati haqida qayg’uradiganlar uchun ajoyib tanlovdir. Gap shundaki, oddiy bug’doy uni kraxmalga boy bo’lib, aynan o’sha bizlarni semirtiradi.
Javdar uni o’zida ko’p miqdorda biriktiruvchi to’qimalar va foydali moddalarni saqlaydi, kaloriyasi past va shuningdek oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi.
Qadog’i
Javdar uni «Oltin don» polietilen yelim xaltada qadoqlanilgan. E’tibor bering, bunday unnning saqlash muddati bug’doy uniga nisbatan qisqaroqdir, shu sabab ham undan birdan ko’p miqdorda xarid qilmang. Un qadog’i ochilgandan so’ng, shisha bankalarda saqlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mahsulotning og’irligi 1 kilo.
O’ziga xosligi
Javdar unidan tayyorlangan non juda mazali chiqadi. Uning tayyorlanish retsepti esa uning o’ramida yozib o’tilgan. Javdar uni bug’doy uniga nisbatan to’qroq bo’lib, bu unni albatta elab olish kerak bo’ladi. Chunki bu uning ichida katta-katta un uyumlari ko’proq ekan.
Javdar uni bug’doy uniga nisbatan og’irroq, ammo glyuten miqdori esa kamroqdir. Shu sabab ham bu undan tayyorlangan xamirning oshishi uzoq muddatga cho’zilib, pishgan mahsulotlar ham og’irroq chiqadi. JAvdar unini tez-tez bug’doy uni bilan 1:1 hisobda aralashtirib ishlatishadi. Agarda siz bu undan ilk bor ishlatadigan bo’lsangiz, unda avval shu usulda tayyorlashni maslahat bergan bo’lar edik.
Bu undan tayyorlangan non barcha xodimlarimizga birdek manzur keldi. Nondan tashqari bu undan quymoqlar, pirog va pechenyelar tayyorlash mumkin.
Tarkibi
Javdar uni.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 305 kKal bo’lib, 8.9 grammini oqsillar, 1.8 grammini yog’lar, 63.4 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Oltin don»dan ishlab chiqarilgan javdar unini bizlar Korzinka.uz supermarketidan kilosini 5 390 so’mga xarid qildik.
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Ржанная мука очень полезно для здоровье и я очень рада что в Узбекистане то же доступна