Kardamon to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Kardamon – juda kamyob va qimmat turuvchi ziravordir. Bugun buning sababi va nima uchun undan pishiriqlar yoki har xil taomlar tayyorlab ko’rish kerakligi haqida gapirib beramiz.
Kardamonning hidi qanday
Agar siz kardamondan umuman ishlatib ko’rmagan bo’lsangiz, unda u qanday hiddaligi sizga qiziqligi aniq. Bizlar bu ziravorni uning ajoyib isi uchun ham juda yaxshi ko’ramiz: unda sitrus mevalari, yangi tuyilgan murch va evkalipt hidlari uyg’unlashgandek go’yo.
Kardamonning foydali xususiyatlari
Kardamon – dunyodagi eng qimmat turuvchi ziravorlardan biridir. U aniq bir namlik va haroratda o’sib, yetiladi. Uni faqatgina qo’lda terish mumkin. Olimlarning aniqlashicha, kardamon quyidagi kasalliklarda juda foydalidir:
- bir chimdim kardamonda bir sutkalik organizmga kerak bo’lgan minerallar, makro va mikroelementlar mavjud;
- unda ko’pgina В guruh vitamini bo’lib, u stress va depressiya, yomon kayfiyat va asab tizimi kasalliklarida juda foydalidir;
- kardamon ovqat hazm qilishini yaxshilaydi;
- bu ziravor – tabiiy antiseptik vosita bo’lib, shamollashda juda yaxshi yordam beradi;
- kardamonning bir nechta urug’chasini chaynaganda, nafas olishni tiniqlashtiradi;
- quvvat bag’ishlab, ertalab uyg’onishni osonlashtiradi.
Kardamonning zararli xususiyatlari
Kardamonni qo’llashga qarshi ko’rsatmalar juda kam. U o’zida juda ko’p miqdorda efir yog’larini saqlashi sabab ham uning ta’mi o’ziga xosdir, shu sabab ham undan ko’p miqdorda iste’mol qilish mumkin emas. Oshqozon xastaligidan aziyat chekuvchilar esa undan iste’mol qilmasliklari maqsadga muvofiqdir.
Kardamonni to’g’ri tanlash va saqlash
Agarda siz kardamondan xarid qilmoqchi bo’lsangiz, unda butun urug’chalisidan tanlang, maydalangan kukunsimon ko’rinishidan emas. Uning urug’chalari yashil rangda, butun bo’lishi va bujmaymagan shakldaligi muhim. Qutichalardagi kardamon qanchalik yangi bo’lsa, uni ochish shunchalik qiyin kechadi.
Kardamonni yopiq konteyner yoki shisha bankalarga solib, quruq, salqin va qorong’u joyda saqlash tavsiya qilinadi. Kardamonni ishlatishdan oldingina maydalang, chunki undagi efir yog’lar tezda parchalanib ketadi.
Каrdamonni to’g’ri maydalash
Biz yuqorida aytganimizdek, kardamonni «karobkachalarda» sotiladiganidan xarid qiling. Gap shundaki, ko’pincha ishlab chiqaruvchilar kardamonni hech qanday hidga ega bo’lmagan karobkalari bilan birga maydalashadi. Kukun hajmi ko’payadi, hidi va foydali xususiyatlari esa unda juda kamdir.
Kardamon qutichasini ochib, urug’chalarini olasiz. Agarda siz birdan 2-3 osh qoshiq maydalamoqchi bo’lsangiz, unda yaxshisi qahva maydalagichdan foydalaning.
Kardamon kukunini germetik yopiq bankachaga solib, 3 haftagacha saqlash mumkin.
Pazandachilikda kardamonning o’rni
Каrdamon – universal ziravor bo’lib, uni desertlarga va asosiy taomlarga ham solish mumkin. Ayniqsa kardamon quyidagi mahsulotlar bilan juda yaxshi kirishadi:
- mandarinlar bilan: kardamon – tabiiy konservantdir;
- ichimliklarga: kardamonni choy yoki qahvaga solinsa, u yurakdagi zo’riqishni yengillashtirib, kofeinning yomon ta’sirini kamaytiradi;
- pishiriqlar bilan: u pirog, keks va pishiriqlarni ham yanada mazali qiladi;
- sho’rvalar bilan: boshoqli, no’xatli, loviyali;
- go’sht bilan: mol go’shti, qo’y go’shti, buzoq go’shti bilan tayyorlaydigan taomingiz yanada mazaliroq chiqadi.
Yangidan yangi maʼlumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.