Mahsulotlarni to’g’ri tayyorlash usullari: qaynatish
Mahsulotlarni qayta ishlashda nimalarga ahamiyat berilishi kerakligi haqida ma’lumot beramiz. Bugun bizlar «blanshirovka» qilish va qaynatish usullari haqida gapirib beramiz.
Agarda siz qaysi mahsulotlarni qaynatish, qaysi birini qovurish yoki qisqa muddatda dimlab pishirish kerakligini bilsangiz, unda tayyorlaydigan taomingiz yanada mazali chiqadi.
Mahsulotni qizdirib olish
Ko’pgina retseptlarda ruscha «pripuskanie» degan so’zga duch kelamiz. Xo’sh, bu nima degani? Bu so’z tayyorlaydigan yegulikka solingan suyuqlik (suv, bulyon, sut) deyarli qaynash darajasiga keltiriladi, ammo havo pufakchalari paydo bo’lishga hali ulgurmagan bo’ladi. Bunda suyuqlikning harorati 93 darajani tashkil etadi.
Qanday mahsulotlarni shu usulda pishirish tavsiya etiladi
Baliq, parranda go’shti, tuxum, sufle va mevalarni aynan shunday usulda pishirish tavsiya etiladi. Ular juda nozikligi sabab ham, ko’p qaynatilsa rangi va ta’mi buziladi. Bir qizdirib olish usulida mikroblar va zararli bakteriyalar nobud bo’ladi, ammo ularning mazasi saqlab qolinadi.
Mahsulotlarni to’g’ri qizdirib olish
Qizdirib pishirishning ikki xil usuli mavjud ekan.
Birinchi usulda mahsulotni ko’mgunicha suv solinadi, past olovda pishiriladi. Bunda birgina talab, suv qattiq qaynab ketishi kerak emas.
Ikkinchi usulda suyuqlik juda oz miqdorda solinadi. Bunday usulda parranda, baliq va mol go’shtini pishirish mumkin. Tovaga yogʻ surtilib, go’shtlar terib chiqiladi va 190 darajagacha boʻlgan gaz pechida qopqogʻi yopilib, pishirib olinadi. Bunda goʻshtdan oʻzining sharbati ajralib chiqadi va bu sharbatdan qayla sifatida foydalanish mumkin boʻladi.
«Blanshirovka» qilish
«Blanshirovka qilish» bu qaynoq suvga mahsulotlarni qisqa muddatga solib olishdir. Bu usulda asosan koʻkatlar va yashil rangdagi sabzavotlar tayyorlaniladi. Shuningdek pomidorni poʻstidan oson tozalash uchun ham «blanshirovka» qilinadi.
Bunda mahsulotga qarab «blanshirovka» qilish muddati belgilanadi. Masalan, pomidorni 1-2 daqiqa qaynoq suvga solinsa, brokkoli uchun 6-7 daqiqa kerak boʻladi.
Qaynatish
Qaynayotgan suvga mahsulotlarni solib qaynatishdan osoni yo’qdek goʻyo. Ammo bu usulning ham bir necha xil turlari va nozik tomonlari mavjud ekan.
Asosiy usul
Bu hammaga tanish usul boʼlib, bunda mahsulotlar suv toʻldirilgan qozonga solinadi va qanchadir muddat qaynatib pishiriladi.
Qaynatish jarayonida esa ustidagi koʻpik va yogʻlar olib tashlansa, ular tiniq rangda va yanada mazaliroq boʻlib pishadi.
Bug’da qaynatib pishirish
Bu mahsulotlarni ikkinchi usulda pishirishdir. Bunda mantiqosqon yoki bug’da pishirgichdan foydalanish mumkin. Bug’da pishirishda mahsulotlarning foydali xususiyatlari saqlanib qolinadi. Bunday usulda pishirishning minus tomoni ulardagi sharbatining oqib ketishi va ta’mining oʻzgarishidir. Aytgancha, bunday usulda pishirishda suviga har xil ziravorlar solinsa, ular yanada mazali bo’lib pishadi.
Suv bug’ida baliq, milliy va parranda goʻshti, sabzavotlar va shirinliklardab puding tayyorlash mumkin.
Suv hammomi
Suv bug’ida bizlar odatda shokoladni eritib olamiz. Ammo bu usulda tarkibida tuxumni saqlovchi qayla va kremlar tayyorlashda ham juda qulay sanaladi.
Suv hammomini tashkil etish juda oddiy: bunda suv solib qaynatadigan idish va ichiga esa undan aylanasi kattaroq bo’lgan idish yoki togʻora kerak bo’ladi. Suv idishga quyiladi, ustidagi idishga esa mahsulotlar solinib, qopqog’i yopilmasdan tayyorlaniladi. Ammo bu usulda tayyorlashning o’ziga xos nozik tomonlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
- Yuqoridagi idish suvga tegib turmasligi kerak;
- undagi olov o’rtacha darajada bo’lib, suv qattiq qaynab ketmasligi lozim;
- qayla va krem muntazam aralashtirib turilishi lozim, aks holda tagiga olib qo’yishi mumkin.
*Fotosuratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!