Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Good Mix batonchalari
Sizlarga navbatdagi yangi mahsulot Nestledan ishlab chiqarilgan Good Mix batonchalarini tanishtirib o’tamiz. Juda foydali mahsulot tarkibi va narxlari bilan tanishib olasiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Peshtaxtalarda diqqatimizni tortgan bunday batonchalarning ikki xili – «Qiziqqon shokolad» va «Quyoshli yeryong’oq» kabilaridan xarid qildik. Ammo uni ta’tib ko’rib, undan kam miqdirda xarid qilganimizdan juda afsuslandik, chunki ular haqiqatdan ham juda mazali va foydali hamdir.
Qadog’i
Zar qog’ozga o’ralgan mahsulot ikki xil bo’lib, bir biridan ajralib turadi: havorang – «Qiziqqon shokolad» va to’q sariq rang esa – «Quyoshli yeryong’oq» deb nomlanar ekan.
Mahsulotning og’irligi 33 grammni tashkil etadi.
Ta’mi
«Qiziqqon shokolad»
Shirin, qarsildoq, xushbo’y bo’lgan bu batonchalar klassik ta’mni yoqtiruvchilarga yoqishi aniq. Bu yerda ko’pgina miqdordagi sutli shokolad, yeryong’oq, havodek yengil guruch va mayiz o’rin egallagan. U shirin, yumshoq, asosiy hajmini guruch tashkil etadi.
«Quyoshli yeryong’oq»
Bu batoncha shirin va nordon ta’m uyg’unligini xush ko’ruvchilar uchun ayni muddao. Bunda klyukva va shokolad birlashmasi o’zgacha ta’m bergan. Bunda ham yeryong’oq, havodek yengil guruch va mayiz solingan. Uning ta’mi qandaydir o’zgachaligi sabab ham, ko’pchiligimizga aynan shu batoncha ko’proq yoqdi.
Tarkibi
«Qiziqqon shokolad»
Yeryong’oq, patoka, mayiz, sutli shokolad (shakar, kakao yog’i, quruq sut, qirilgan kakao, quruq sut zardobi, sut yog’i, emulgatorlar (soya letsitini, E476), tabiiy xushbo’ylantirgich), havodek yengil guruch (guruch, bug’doy uni, kakao kukuni, shakar, palma yog’i, tuz) qora shokolad, shakar, palma yog’i, klyukva, quruq sut, o’simlik yog’i, limon kislotasi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 468 kKal bo’lib, 9.5 grammini oqsillar, 22 grammini yog’lar, 57 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
«Quyoshli yeryong’oq»
Yeryong’oq, patoka, mayiz, sutli shokolad (shakar, kakao yog’i, quruq sut, qirilgan kakao, quruq sut zardobi, sut yog’i, emulgatorlar (soya letsitini, E476), tabiiy xushbo’ylantirgich), havodek yengil guruch (guruch, shakar, palma yog’i, tuz) shakar, palma yog’i, klyukva, quruq sut, o’simlik yog’i, limon kislotasi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 461 kKal bo’lib, 9.1 grammini oqsillar, 21 grammini yog’lar, 59 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Nestledan ishlab chiqarilgan Good Mix batonchalarini bizlar Korzinka.uz supermarketidan 4 290 so’mdan xarid qildik.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.