Quyuqlashtirgich turlari: Kraxmal va pektindan to’g’ri foydalanish
Quyuqlashtirgichlar haqidagi maqolamizni davom etar ekanmiz, bugun sizlarga kraxmal va pektindan to’g’ri foydalanish usullari haqida gapirib o’tamiz.
Bizlar bundan oldingi maqolamizda agar-agar va jelatindan qanday foydalanish kerakligi haqida gapirib o’tgan edik. Bugun esa ulardan qolishmaydigan quyuqlashtirgichlar haqida gapirib beramiz.
Кraxmal
Kraxmalni ko’pgina o’simlillardan tayyorlashadi, ammo bizlarda uning ikki xili: kartoshkali va makkajo’xorilisini uchratishimiz mumkin.
Kartoshkali
Makkajo’xoriliga nisbatan ko’proq ommalashgan. Uni oq rangdagi kartoshka tugunaklaridan tayyorlashadi. Kraxmal suvga solinganda rangsizbko’rinishga kirishi sabab ham, uni taomlar, kisel va qaylalarga solishadi.
Kartoshkali kraxmalning foydali va zararli tomonlari
Kraxmal – tezkor uglevodlar qatoriga kiruvchi mahsulot bo’lib, u quyidagilarda yordam beradi:
- u energiya bilan ta’minlab, faol turmush tarzida esa uglevodlar tezda yo’q bo’ladi;
- unda yurak-tomir uchun foydali bo’lgan kaliy miqdori ko’p hisoblanadi;
- u oshqozondagi og’riqlarni qoldirib, tinchlantirish xususiyatiga ega;
- unorganizmdan zararli xolesterinni chiqarib tashlaydi.
Ammo kraxmalning juda ko’p miqdorda ishlatilishi esa noxush vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Agar-agardan farqli o’laroq, 100 gramm karaxmalning ozuqaviy qiymati 300 kKalni tashkil qiladi.
Makkajo’xorili
Bunday kraxmal makkajo’xori donlaridan tayyorlanib, sarg’ishroq rangda bo’ladi. Bunday kraxmal suv bilan aralashtirilganda xira rangga kiradi. Shu sabab ham uni rangining ahamiyati yo’q bo’lgan yeguliklarga solishadi.
Makkajo’xori kraxmalining foydali va zararli tomonlari
Bunday kraxmalning foydasi ko’p bo’lib, u quyidagilarda yordam beradi:
- aqliy faoliyatni yaxshilaydi;
- tarkibidagi fosfor suyaklarni mustahkamlaydi;
- asal qon tarkibini yaxshilaydi;
Bunday kraxmalni ham haddan ziyod iste’mol qilish yaramaydi. U organizmda to’planib qolsa, qon bosimini tushirib yuborishi mumkin.
Кraxmalni to’g’ri ishlatish
Kraxmalni xamir, shirinlik va har xil qaylalarga quyidagi miqdorda solish kerak.
- agarda siz kartoshkali kraxmalni xamirlarga solmoqchi bo’lsangiz, unda suv o’rniga sut mahsulotlari – sut, kefir, smetanadan soling;
- kraxmalni biskvitga solishda albatta elab oling;
- kraxmalni avval 1:2 miqdorda iliq suv bilan aralashtiriladi, so’ng ingichka qilib, qayla yoki kisellarga solinadi;
Pektin
Hozir bozor va do’konlarda pektin quyuqlashtirgichini uchratishimiz mumkin. Ular bilan jem, povidlo va konfityurlar , har xil shirinliklar, muzqaymoq va qaylalar tayyorlashadi.
Pektinning foydali va zararli xususiyatlari
Pektinning kaloriyasi past bo’lib, 100 grammining ozuqaviy qiymati 52 kKalni tashkil etadi. U quyidagi holatlarda juda foydali sanaladi:
- ichaklarning to’lqinsimon kerilishini yaxshilaydi;
- qon aylanishini yaxshilaydi;
- toksinlarni organizmdan chiqarib tashlaydi;
- xuddi kraxmalga o’xshab, oshqozondagi og’riqdan xalos etadi.
Pektindan haddan ziyod iste’mol qilish organizmga zarar keltirishi mumkin: u oshqozonga noxush hissiyotni keltirib chiqaradi, foydali oqsillar va minerallar esa so’rilmaydi.
Pektindan to’g’ri foydalanish
Pektindan foydalanish juda oson bo’lib, bir nechta qoidalarga amal qilinsa bas:
- pektin yegulikka solingandan oldin ko’p bo’lmagan shakar bilan aralashtiriladi, aks holda u kesakka o’xshab qoladi;
- pektin 50 haroratdagi issiqroq yeguliklarga solinadi;
- pektin solingandan so’ng, qaynash darajasiga yetkaziladi va 1 daqiqa qaynatib, gazdan olinadi;
- pektin qaynayotgan paytda faollashadi.
Miqdori
Odatda pektindan pavidlo va jemlar tayyorlaniladi. Shu sababli bunday yeguliklar uchun qancha quyuqlashtirgichdan foydalanish kerak gapirib beramiz.
Asosiy qoidasi quyidagicha: shakar qanchalik ko’p bo’lsa, pektin shunchalik kam solinadi. Masalan:
- 1 kilo mevaga 500 gramm shakar va 5 gramm pektin kerak bo’ladi;
- 1 kilo mevaga 250 gramm shakar va 10 gramm pektin ishlatiladi;
- 1 kilo mevaga shakar solinmasa, 15 gramm pektin solinadi.
*Fotosuratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan.