Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Dubrava» sariyog’i
- Yangi zar qog’ozga o’ralgan, yashil rangli yozuvlari bilan diqqatimizni tortgan navbatdagi mahsulot bu o’zimizda ishlab chiqarilgan «Dubrova» sariyog’i bo’ldi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bu sariyog’ni ilk marotaba ko’rib, ta’tib ko’rganimizda u Rossiyada ishlaab chiqarilgan bo’lsa kerak deb o’ylagan edik. Ammo o’ramini o’rganib chiqqanimizdan so’ng u o’zimizda ishlab chiqarilganligiga va u O’zstandart asosida tayyorlanib, yog’ligi 82,5% ni tashkil qilishiga amin bo’ldik.
Bu sariyog’ Bio Milk ishlab chiqaruvchisi tomonidan sotuvga chiqarilgan.
Mahsulotning og’irligi 200 gramm.
Ta’mi
O’ramida bu sariyog’ shirin-qaymoqli ta’mda deb yozilgan. Bu unda tuz solinmaganligidan dalolat beradi va shunday bo’lib ham chiqdi.
Tarkibi
Tarkibi ajoyib: yuqori yog’li pasterizatsiya qilingan sigir sutidan tayyorlangan qaymoq. Saqlash muddati qisqaligi ham quvontirdi.
Bizlar uni nonga surtib ham, bo’tqalarga solib ham ko’rdik, ta’mi yoqimli, ortiqcha hidlar kelib turmaydi. Qattiq bo’lib, muzlab qolmadi va kesilganda ham sinib ketmadi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 748 kKal bo’lib, 0.6 grammini oqsillar, 82.5 grammini uog’lar, 0.8 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Dubrava» sariyog’ini bizlar Makro supermarketidan 13 790 so’mga xarid qildik.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!