Qovoq to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Qovoq – kuz faslining haqiqiy kelinchagidir. Yorqin rangli va foydali bu poliz ekini aynan shu mavsumda dasturxonimizni to’ldirib turadi.
Qovoqning foydali xususiyatlari
Qovoqni hech bo’lmasa undagi ko’pgina vitaminlar, minerallar va antioksidantlari mavjudligi sabab ham sevib iste’mol qilish kerak. Qovoq ayniqsa quyidagilarda juda foydali hisoblanadi:
- ko’rish qobilyati: unda А, Е, В6, В12 va rux kabi vitaminlar mavjud bo’lib, ko’z uchun tengsiz foydali mahsulot sanaladi. Shuningdek qovoqda karotinoidlar bo’lib, ular ko’z pardasini mustahkamlar ekan;
- Oshqozon-ichak trakti: qovoq oshqozon yarasi og’rig’ida yaxshi bo’lib, oshqozon kislotaliligini pasaytiradi, biriktiruvchi to’qimasi sabab, u butun ovqat hazm qilish tizimini yengil tozalaydi;
- buyrak: qovoq organizmdagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi;
- ozish: qovoqning kaloriyasi past bo’lib, undagi L-karnitin moddasi organizmdagi zararli xolesterindan tozalab, yog’larni parchalab tashlaydi;
- go’zallik: А va Е guruh vitaminlari teri, soch va tirnoq sifatini yanada yaxshilaydi;
- immunitetni ko’taradi.
Qovoqning zararli tomonlari
Xom, dimlangan va kam miqdordagi suvda qaynatilgan qovoqlar juda foydali sanaladi. Ammo sizning oshqozoningiz bo’shroq bo’lsa, unda qovoqni xomligicha iste’mol qilishdan qoching. Bundan tashqari oshqozon kislotaliligi pasayganda yoki o’t qopida toshlar mavjud bo’lganda, yoki qandli diabetga chalinganda bu poliz ekinini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so’nggina iste’mol qiling.
Ozishda qovoqning o’rni
Qovoq – ozmoqchi bo’lganlar uchun ajoyib mahsulot hisoblanadi. Uning kaloriyasi past bo’lib, uning tayyorlash usullari esa juda ko’pdir. Dietologlar parhezga xom va pishirilgan qovoq, qovoq sharbatini qo’shishni maslahat berishadi. Ammo qovoqni tayyorlashda sariyog’ va shakar qo’shish tavsiya qilinmaydi, yaxshisi bunda asaldan foydalaning.
Qovoqning kaloriyasi esa barcha ozishni xohlovchilarni xursand qiladi: 100 grammi 26 kKal bo’lib, 1.3 grammini oqsillar, 0.3 grammini yog’lar va 7.7 grammini uglevodlar tashkil etadi.
Bir kunda 600 grammgacha qovoqdan iste’mol qilish mumkin.
Qovoq urug’larining foydasi va zarari
Nafaqat qovoqning o’zi, balki uning danakchalari ham juda foydalidir. Uning 100 grammining 50 grammini organik yog’lar tashkil etadi. Bundan tashqari ularda 20 xil aminokislotalar, B guruh vitamini, marganes va fosfor mavjud. Ular immunitetni ko’tarib, zararli xolesterindan xalos etadi, suyaklar, mushaklar, teri, tirnoq, soch va asab tizimida ham juda foydali sanaladi.
Uning urig’larining kaloriyasi baland bo’lib, 100 grammi 550 kKal ni tashkil etadi.
Qovoqni to’g’ri tanlash va saqlash
Mazali qovoqdan xarid qilmoqchi bo’lsangiz, uning vazniga e’tibor bering. Katta va og’ir vaznli qovoqlar unchalik shirin ta’mda bo’lmaydi. Mazali va shirin qovoqning eng og’irligi 5 kilo bo’lishi kerak. Agar siz kesilgan qovoqdan xarid qilsangiz, unda uning po’sti va rangiga ahamiyat bering: po’sti qalin, ichi esa och rangda bo’lmasligi kerak. Qovoq qanchalik yorqin rangda bo’lsa, undagi A guruh vitamini va karotinoidlar shunchalik ko’p bo’ladi.
Butun qovoqni qorong’u va salqin joyda saqlang, kesilganini esa sovutgichda 10 kungacha saqlash mumkin.
Pazandachilikda qovoqning o’rni
Bizlar qovoqni juda sevib iste’mol qilamiz. Qovoq suyuq va quyuq taomlarda ham, pishiriqlarga solinganda ham juda mazali chiqadi:
- qovoq-yasmiqli quyuq sho’rva birgina ko’rinishi bilanoq kayfiyatni ko’tarib yuboradi;
- qovoq solib pishirilgan tovuqli sho’rva sovuq havoda ham sizni issiqina tutadi;
- ozishni xohlaydiganlar uchun yana bir ajoyib krem sho’rva retsepti;
- tayyor xamirdan qilingan qovoqli somsalar retseptini ham tavsiya qilamiz;
- agarda manti yoki xonim pishirganingizdan so’ng xamir ortib qolsa, unda ulardan ajoyib to’rtburchak bichaklardan tayyorlang;
- qovoqli tart asosi qaymoqli ta’mda bo’lib, barchaga birdek yoqishi aniq;
- agarda siz parhez tutsangiz, unda qovoqli maffinlardan tayyorlab ko’ring;
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
3 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Jo’xori xaqida malumot kerak
Assalomu aleykum! Mana bu havolaga o’tib, ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin 🙂 https://zira.uz/uz/2018/08/02/makkajo-xori-to-g-risida/
Foydali malumot uchun rahmat. Charchamang..