Quyuqlashtirgichlarning turlari: Agar-agar va jelatindan to’g’ri foydalanish qoidalari
Bugun sizlarga ko’pchilikka qiziq va tushunarsiz bo’lgan mavzu, quyuqlashtirgichlar haqida gapirib beramiz. Bunda siz jelatin va agar-agarning bir-biridan farqi to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lasiz.
Jelatin
Jelatin – bu jonivorlardan olinadigan quyuqlashtirgich bo’lib, uni asosan sigir va cho’chqalarning suyaklari, po’sti, tog’aylari, paylari va boshqa qismlaridan olishadi.
Jelatinni nimada ishlatishadi
Bu quyuqlashtirgich quyidagilar tayyorlashda ishlatiladi:
- jele;
- musslar;
- tortlar;
- kremlar;
- muzqaymoq;
- konservalar;
- xolodes;
- quyma taomlar.
Jelatinning foydali va zararli tomonlari
Ko’pchilik jelatin zararli deb hisoblashishadi, ammo bunday emas. Bu foydali mahsulot bo’lib, quyidagilarda yordam beradi:
- mushaklarni o’stirish;
- bo’g’im va suyaklarni o’stirish;
- teri, tirnoq va soch sifatini yaxshilash;
- ozish – jelatin ochlik hissini kamaytiradi;
- ovqat hazm qilishni yaxshilaydi;
- stressdan xalos etadi;
- mashg’ulotlardan keyin qayta tetiklashish – sportzalga qatnaydiganlar uchun muhim.
Shifokorlarning fikricha, jelatindan kuniga 80 grammdan iste’mol qilinsa, artritga yordam berar ekan. Ammo buncha miqdorni bir kinda iste’mol qilishni tasavvur qilish qiyin. Ammo har kuni ilvira (xolodes), jele va quyma taomlardan iste’mol qilinsa, bunga erishish mumkin. Aynan shu sabab ham suyak sinishi yoki darz ketganida, ko’proq jeledan iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Quyuqlashtirgichlar o’zida ko’p oqsilni saqlashi sabab ham quyidagi holatlarda ko’p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi:
- yurak xastaligi va ateroskleroz;
- buyrak kasalligi;
- buyrak va o’t qopida toshlarning mavjudligi;
- agar siz tromboflebit kasalligidan aziyat cheksangiz
Jelatinni to’g’ri eritish
Bizdan jelatinni to’g’ri eritish haqida tez-tez so’rashadi. Uni ikki xil usulda eritish mumkin.
Birinchi usul, sovuq suvda
- jelatinni sovuq suvga solib, 20 daqiqadan 40 daqiqagacha ivitib qo’yamiz;
- jelatin qizdiriladi, bunda tinmasdan aralashtirib turiladi. Jelatin qaynashi kerak emas! Jelatin erigandan so’ng, gazdan olamiz.
Ikkinchibusul, issiq suvda
- suv 90 darajagacha qizdiriladi (deyarli qaynab deb qolganda);
- suvni aralashtirib turiladi;
- jelatin hammasi solingandan so’ng, sekinroq aralashtiriladi;
- jelatin erigunga qadar aralashtirib turamiz.
Mutanosibligi
Odatda retseptlarda jelatinning aniq miqdori solinadi. Agarda siz aniq bir retseptsiz tayyorlamoqchi bo’lsangiz, unda quyidagi miqdorda solasiz:
- yumshoq, titraydigan jele 20 gramm jelatin va 1 litr suvdan tayyorlaniladi – bunday miqdor mayin sutli desertlar tayyorlashda kerak bo’ladi;
- sal qattiqroq jele esa 40 gramm jelatin va 1 litr suvdan tayyorlanib, bunda tovuqli xolodes, quyma taomlar va mevali jelelar tayyorlashda ishlatiladi;
- pichoq bilan kesiladigan jeleni esa 60 gramm jelatindan tayyorlashishadi, bunda mol go’shtidan ilvira, bezaklar, tortlar, kislotali jelelar tayyorlashadi.
Nimalardan jele tayyorlash mumkin
Quyidagi mahsulotlar jelatin bilan yaxshi qotadi:
- shakar;
- sut;
- 40 darajadan yuqori bo’lmagan spirtli ichimlik;
- parranda go’shti;
- baliq;
- o’zida pektinni saqlovchi mevalar.
Quyidagi kislota saqlovchi mahsulotlar esa yaxshi qotmaydi:
- kivi;
- ananas;
- kislotani saqlovchi boshqa mevalar;
- vino.
Bunday mahsulotlardan jele tayyorlash uchun jelatin ko’p miqdorda solinishi talab etiladi.
Аgar-аgаr
Agar-agar bu suv o’tlaridan olinadigan quyuqlashtirgich bo’lib, uni go’sht iste’mol qilmaydiganlar ham tanovvul qilishlari mumkin. Uning hech qanday hidi va ta’mi yo’q bo’lib, tayyorlangan jele jelatinli jelega nisbatan mustahkamroq chiqadi.
Agar-agar nimalarda ishlatiladi
Bu quyuqlashtirgichni quyidagilarga solish tavsiya qilinadi: musslar, jele, zefir, tortlar.
Agar-agarning foydali va zararli xususiyatlari
Agar-agar suv o’tlaridan tayyorlanilishi sabab ham u foydali bo’lib, yod va minerallarga boydir. Xo’sh, u nimasi bilan foydali ekan?
- u xolesterin bilan kurashadi;
- qondagi shakar miqdorini normallashtiradi;
- ichaklar faoliyatini yaxshilaydi;
- shlaklar va toksinlarni chiqarib tashlaydi;
- qonni vitamin, mikro va makroelementlar bilan to’yintiradi.
Agar-agarning kaloriyasi esa – 0.
Agar-agarni to’g’ri eritish
Jelatindan farqliroq agar-agarni albatta qaynatish kerak bo’ladi, aks holda u erimay qoladi. Umuman olganda agar-agar quyidagicha eritiladi:
- agar-agar suyuqlikka ivitiladi (harorati ahamiyatga ega emas), bo’ktiriladi;
- 10 daqiqadan so’ng, agar-agarli aralashmani gazga qo’yib, tinmasdan aralashtirilib qizdiriladi;
- qaynash darajasiga yetkaziladi, qaynash boshlangan zahoti, bunga taxminan 1 dan 5 daqiqagacha vaqt ketadi, sharbat, sut yoki bulyon bilan aralashtirib olinadi.
Agar-agar juda tez qotadi, shu sabab ham uni sovutgichda saqlash shart emas. Undan tayyorlangan jele mustahkam bo’lib, jelatinga nisbatan og’izda erib ketmaydi.
Mutanosibligi
Agar-agar jelatinga nisbatan kichliroq bo’lib, shu sabab ham 1 litt suvga bor-yo’g’i 8 gramm quyuqlashtirgich kerak bo’ladi. Agarda siz nordon meva, sharbat yoki vinodan ishlatsangiz, unda sal ko’proq: 13 grammga 1 litr suyuqlikdan solasiz.
*Fotosuratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
7 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Assalamu alekum, sizga foydali malumotlar uchun katta raxmat. Meni savolim bor edi, jelatin qadogida uni qaysi hayvondan olinganini yozishmaydi. Shu tufayli ishlatishga qorqaman. Spice expert ni jelatini halolmi, iltimos shu haqida ma’lumot bersangiz
Assalomu aleykum, yaxshimisiz? HA, Spice Expert «halol» sertifikatiga ega, bemalol ishlatishingiz mumkin
Katta raxmat
jelatini marmelad tayyorlashda ishlatish mumkinmi
Pektin yoki agar agar ishlatkaniz yaxshiroq)
Bōğim oğriqlariga jelatindan dori tayyorlasa bōladimi
Ba’zilar buni foydali deyishdi
Afsuski, bu savolingizga javobni bilmaymiz.