Grechka to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Bugun bizlar eng foydali mahsulotlardan sanalmish, grechka haqida gapirib o’tamiz. Bunda uning foydali xususiyatlari, ularni to’g’ri tayyorlash va oddiy grechkaning yashil grechkadan farqlari bilan tanishasiz.
Grechkaning foydali xususiyatlari nimada
Grechka ekologik toza mahsulot sanaladi. Gap shundaki, grechkani parvarishlashda hech qanday kimyoviy qo’shimchalar ishlatilmaydi, shu sababli ham donlarida hech qanday zararli moddalar yig’ilmaydi.
Grechka quyidagilarda juda foydali:
- u vitaminlar, minerallar va aminakislotalarga juda boy bo’lib, uni superfud bo’lishiga sababchidir;
- u kamqonlik va gemoglabinning tushganida juda foydalidir;
- organizmdagi zararli xolesterinni kamaytiradi;
- qon-tomir va asab tizimlarini mustahkamlaydi;
- moddalar almashinuvini yaxshilaydi;
- qon tomirlari kasalliklarida foydali hisoblanadi;
- kayfiyatni ko’taradi;
- soch, teri va tirnoqlar sifatini yaxshilaydi;
- oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi;
- grechkada tez hazm bo’ladigan oqsillar miqdori juda ko’p.
100 gramm qaynatilgan grechka (suvda va yog’ solinmay) ning ozuqaviy qiymati 110 kKal bo’lib, 4.2 gramm oqsillar, 1.1 gramm yog’lar, 21.3 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Grechkaning zararli tomonlari
Grechkani salbiy tomonlari juda kam bo’lib, faqat grechkadan allergiyasi borlarga uni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
Grechkani to’g’ri tayyorlash
Grechka o’zining foydali xususiyatlarini saqlab qolishi uchun, uni 20 daqiqadan ortiq qaynatish tavsiya qilinmaydi. Ammo shifokorlar grechka ustidan qaynoq suv yoki sut quyib, uni ivitib qo’yib, so’ng qaynatmasdan iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Grechkali mazali bo’tqa tayyorlash uchun esa 1 stakan grechkaga, 2 stakan suyuqlik solish tavsiya qilinadi.
Grechkani quyidagicha tayyorlab, undagi foydali xususiyatlarni saqlab qolishingiz mumkin:
- birinchi usul, qovurib. Ko’pchilik oshpazlar grechkani avval qovurishni tavsiya etishadi. Bunda grechka tovada yog’siz 4 daqiqa qovuriladi. So’ng tuzli suv solib, 6 daqiqacha qaynatiladi. Undan keyin esa olovni o’chirib, 40-60 daqiqa dasturxonga o’rab, dimlab qo’yiladi.
- ikkinchi usul, damlash. Ta’bga qarab, grechka qovuriladi, so’ng ustidan qaynagan suv yoki sut quyib, 6-7 soatga qoldiriladi. Bu vaqt mobaynida u barcha suyuqlikni shimib oladi.
- uchinchi usul, tez pishar bo’tqa. ЭтBu usul nonushtaga grechkali bo’tqalarni sevib iste’mol qiluvchilarg juda yoqadi. Bir kecha oldin grechkaga sut quyib ivitasiz. Ertalab esa gazga qo’yib, bir qaynatib olsangiz bo’tqa tayyor. Sariyog’ va tuz sepib iste’mol qilsangiz yaxshiroq, chunki shakar grechkadagi ko’pgina vitaminlarni nobud qiladi.
Yashil va oddiy grechkaning farqi
Jigarrang grechkalar bu bug’langan bo’lib, yashil grechka esa «haqiqiy» bo’lib, u qayta ishlanmagan. Yashil grechka mayin va yumshoq bo’lib, uning oddiysida farqi, undagi vitaminlarning 30% ga ko’proq bo’lishidir.
Grechkani to’g’ri tanlash va saqlash
Pishirgan taomingiz mazali bo’lishi uchun, grechkani to’g’ri tanlash juda muhim.
- grechka donalari butun bo’lishi;
- undagi «chiqindi»lar juda kam bo’lishi kerak;
- rangiga ahamiyat bering: grechkaning rangi qanchalik to’q bo’lsa, bu uni shuncha ko»p qayta ishlanilganidan dalolat beradi;
- grecgka donalari bir xil hajmda va kattalikda bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi;
- ularninh shakli o’zgarmagan bo’lishi, aks holda ulaega qurt tushgan ham bo’lishi mumkin.
Grechkani shisha bankalar yoki chinni idishlarda saqlash kerak.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.