Qo’l blenderini to’g’ri tanlash
Hozirgi kunda ko’pchilik ro’zg’orlarda blenderlarni uchratishimiz mumkin. Agarda siz undan endi xarid qilmoqchi bo’lsangiz, unda quyidagi maslahatlarga ahamiyat qarating.
Bundan oldingi maqolada bizlar stationar blenderlar haqida gapirib o’tgan edik. Bugun esa navbat go’sht maydalagich va venchiklari bilan birga odatda sotiladigan qo’l blenderiga yetdi.
Qo’l blenderi
Qo’l blenderi ichida matorni saqlovchi, temir yoki plastmasali pichoqli ko’rinishlarda bo’ladi. Bizlarning bozorlarda alohida yakka blenderlarni va to’liq to’plamli blenderlarni ham uchratish mumkin. Qo’l blenderi asosan meva va sabzavotlarni ezib maydalash uchun xizmat qiladi. Ayrimlarida esa muzni parchalash imkoniyatlari ham mavjud. Qo’l blenderlarining quvvati asosan 120 Vt va unda yuqori bo’ladi. Ularning quvvati qanchalik yuqori bo’lsa, ularning maydalash kuchi shunchalik ko’pdir.
Qo’l blenderlarining ijobiy tomoni
Bunday blender sizga kerakmi yo’qmi quyida bilib olishingiz mumkin:
- u juda qulay;
- u bilan tayyorlaniladigan yegulik miqdori kam;
- u bilan ovqatni qozonda ham, kosa va stakanlarda ham.maydalash mumkin;
- to’liq to’plamli blenderlar ko’p vazifaviydirlar;
- siz blenderni xohlagan tomonga burib, pichog’ini holatini ham boshqa tomonga o’zgartirishingiz mumkin.
Qo’l blenderining salbiy tomonlari
- uni ushlab turish lozim;
- mahsulotlarni chuqurroq idishga solib ko’pirtirilmasa, sachrab ketishi mumkin.
Qo’l blenderidan xarid qiling, agar:
- kam miqdorda tayyorlasangiz;
- smuzi, koktel yoki pyuredan tez-tez tayyorlab tursangiz;
- agar oshxonangiz kichik bo’lsa.
Qo’l blenderini to’g’ri tanlash
Tanlagan blenderingiz sizga uzoq muddat xizmat qilishini istasangiz, unda uni to’g’ri tanlashga harakat qiling.
Quvvati
Xuddi stationar blenderlarga o’xshab, bu blenderlarning ham quvvat kuchi qanchalik yuqori bo’lsa, ular shunchalik yaxshi maydalaydi. Masalan 180 Vt li blenderlar faqat yumshoq mahsulotlaeni maydalay oladi. 600 Vt va undan yuqori quvvatli blenderlar go’shtni ham, muz va qattiq sabzavotlarni ham bemalol maydalay oladi.
To’plamli blenderlar
To’liq to’plamli blendrga quyidagilar kiradi:
- maydalagich. u qopqoqli stakan va pichog’idan tashkil topgan. Maydalagichda go’sht, muz bo’lakchalari, yong’oqlarni maydalash mumkin.
- venchik. Bu yerda hammasi oddiy: venchikni blenderga ulasangiz, mikser hosil bo’ladi qo’yadi.
- o’lchov stakani. unda nafaqat ko’pirtirish, balki boshqa ovqatlarni tayyorlashda ham foydalanish mumkin.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Mediapark.uz Internet do’koni
- 213 000 so’mdan: Polaris so’mdan, quvvati — 300 Vt, 1 xil tezlik, pichog’i plastik xom-ashyodan;
- 5 288 000 so’mgacha: Kitchen Aid qo’l blenderi, quvvati — 180 Vt, 5 xil tezlik, temirdan qilingan (maydalagich, venchik, o’lchov stakani kiradi).
Arba.uz Internet do’koni
- 342 400 so’mdan: Braun qo’l blenderi, quvvati — 450 Vt, 1 xil tezlik, pichog’i plastik xom-ashyodan, tarkibiga o’lchov stakani kiradi;
- 1 015 580 so’mgacha: Braun qo’l blenderi, quvvati — 600 Vt, 2 xil tezlik, pichog’i temirdan qilingan (maydalagich, venchik, o’lchov stakani kiradi).
Home24.uz internet do’koni
- 310 588 so’mdan: Braun qo’l blenderi — 450 Vt, 1 xil tezlik, pichog’i plastik xom-ashyodan, tarkibiga o’lchov stakani kiradi;
- 1 449 412 so’mgacha: Braun, мquvvati — 1 000 Vt, 10 xil tezlik, pichog’i temirdan qilingan (maydalagich, venchik, o’lchov stakani, pyure uchun pichoq, «oshxona kombayni» pichog’i).
*Fotosuratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
2 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Qo’l blenderlardan nimalar tayyorlash mumkinligi haqida retseptlar chiqaring.
Assalomu aleykum, taklif uchun rahmat. Albatta chiqaramiz!