Na’matak to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Oktabr oyida deyarli hamma yerda yangi uzilgan na’mataklar sotuvga qo’yiladi. Bu maqolamizda sizlarga namatakning foydali xususiyatlari, uni to’g’ri saqlash va boshqa qiziqarli ma’lumotlar beramiz.
Na’matakning foydali xususiyatlari
Na’matakni qadim-qadimlardan beri ajdodlarimiz iste’mol qilib kelishgan. Na’matakning foydali xususiyatlari quyidagicha:
- na’matak o’zida ko’pgina С guruh vitaminini saqlaydi: qorag’atga nisbatan 10 marotaba, limonga nisbatan 50 marotaba ko’proq;
- na’matakni hozir ayni kuzda avjiga chiqadigan shamollash va viruslarni oldini olishda ham, ularni davolashda ham iste’mol qilish kerak;
- u immunitetni mustahkamlab, organizmni sog’lom qiladi;
- yurak va qon-tomir tizimiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi;
- qon bosimini normallashtiradi;
- kamqonlikda ham foydali sanaladi;
- oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, zarali toksinlar va shlaklarni chiqarib tashlaydi;
- ozishga yordam beradi;
- o’t va siydik haydovchi vosita sanaladi.
Na’matakning zararli tomonlari
Na’matakni hammaga ham iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. U o’zida ko’p kislotalarni saqlashi sabab ham, oshqozon gastriti va yarasidan aziyat chekuvchilarga u tavsiya etilmaydi. Na’matakdan tayyorlanilgan damlamalarni qon bosimi tushgan insonlarga ichish tavsiya qilinmaydi. Bundan tashqari na’matakli choyni muntazam va ko’p miqdorda iste’mol qilish infeksiyasiz sariq kasalligiga olib kelishi mumkin.
Ozishda na’matakning o’rni
Na’matak ozishga yordam beradi, ammo faqatgina unga ishonib, ozib bo’lmaydi.
Ozmoqchi bo’lganlar avval shifokor ko’rigidan o’tib, undan so’nggina uni quyidagicha damlab ichish kerak bo’ladi:
3 osh qoshiq na’matak ustidan 1 litr qaynagan suv solinadi va damlab qo’yiladi. Kelasi kuni esa yarim stakandan kuniga 4-5 marta ovqatdan so’ng iste’mol qilinadi.
Na’matakni to’g’ri tanlash va saqlash
Na’matakdan damlangan choy nordongina ta’mda bo’lib, mazali hamdir. Uning ta’mi sizni quvontirishi uchun ularni to’g’ri tanlash lozim.
Quritilgan na’matak donalari kichkina va bujmaygan bo’lishi kerak. Silliq va katta na’mataklar ularning gaz pechida quritilganidan dalolat beradi, bunda uning ko’pgina foydali xususiyatlari yo’qoladi.
Yangi uzilgan na’mataklar esa bir xil kattalikda, hech qanday dog’larsiz bo’lishi kerak.
Na’mataklarni shisha bankalarga solib, ustini doka ro’mol bilan yopamiz va salqin va quruq joyda saqlaymiz. Quritilgan na’mataklar 2 yilgacha yaxshi saqlanadi.
Na’matakni to’g’ri damlash
Na’matakdagi foydali xususiyatlar yo’qolmasligi uchun ularni qaynatish kerak emas, ularni termosga solish kerak. 1 litr suvga 4-5 osh qoshiq mevalardan solamiz. Ularni yuvib, maydalaymiz va termosga solamiz. Ustidan qsynagan suvdan quyamiz. Damlangan choy 6 soat turishi kerak. So’ng dokadan o’tkazib, asal yoki shakar qo’shib iste’mol qilinadi.
Pazandachilikda na’matakning o’rni
Na’matakdan dunyo oshxonalarida keng foydalanishadi. Masalan na’matakdan qishga kampot yopsak bo’ladi. Uni quyidagicha tayyorlaymiz:
- na’matak mevachalarini yuvib quritamiz, o’rtasidan teng ikkiga bo’lamiz va o’rtsidagi danakchalari va tukchalarini olib tashlaymiz;
- 300 gramm na’matak va 100 gramm chakandani olamiz, qavatma-qavat qilib bankani yarmigacha mevalardan solamiz;
- 1 litr suvga 500 gramm shakardan aolamiz va qiyom qaynatib olamiz, bankalardagi mevalar ustidan solamiz va yopib qo’yamiz.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo'ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!>