Blenderni to’g’ri tanlash
Deyarli har bir ro’zg’ordan blender topiladi. Agatda diz ham undan xarid qilishni dilingizga tugib qo’ygan bo’lsangiz, unda pulingizga kuyib qolmaslik uchun quyidagilarga ahamiyat qarating.
Blender yordamida siz smuzi, koktel, pyure, tayyorlashingiz, meva sabzavotlarni maydalashingiz va yosh bolalarga taomlarini ezib berishingiz mumkin. Ammo hamma blenderlar ham bir xil samarali emas, shuning uchun ham ehtiyojdan kelib chiqib blender tanlash darkor. Ular ikki turga: stationar va qo’l blenderiga bo’linadi. Bu ikkisining ham ijobiy va salbiy tomonlari bo’lib, xarid qilayotgan vaqtda bularga ahamiyat qaratish shart.
Stationar blender
Bunday blenderlarning ostida shishali yoki plastik qolipchasi bo’lib, uning ichida mator joylashtirilgan bo’ladi. Idishining ichida esa bitta yoki ikkta bir biriga teskari qo’yilgan pichoqchasi vo’ladi. Bunday blenderlar asosan smuzilar, krem-sho’rvalar, koktellar tayyorlashga qo’l keladi.
Bunday blenderning quvvati 200 dan 1000 Vt gacha.
Bunday blenderlar quyidagi hollarda sizga kerak bo’ladi:
- agarda siz ko’p miqdorda tayyorlasangiz;
- tez-tez smuzi, koktel, krem-sho’rvalar tayyorlasangiz ;
- to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qilsangiz.
Stationar blenderning salbiy tomonlari
- u juda sershovqin;
- bunday blenderlar uchun mahsulotning eng kam hajmi 250 millilitr bo’lishi kerak.
Bunday blender xarid qilishda quyidagilarga ahamiyat bering.
Quvvati
Blender tanlashda eng katta ahamiyatga ega bu uning quvvati: blender qanchalik quvvati yuqori bo’lsa, shunchalik tez ishlaydi, kam qizib, yaxshiroq maydalaydi.
600 Vt li blender koktel va smuzilar tayyorlay oladi, ammo muz bo’lakchalari va go’shtni maydalay olmaydi.
Quvvati ko’proq blenderlar esa bemalol yong’oqni, meva va sabzavotlarni va muzlarni maydalayveradi.
Pichog’i
Pichoqining soni va shakli uning. Blender ikki pichoqlisi oltita pichoqlisiga qaraganda sekinroq ishlaydi.
Buklangan pichoqlar tekislariga nisbatan tezroq va osonroq maydalaydi.
Idishining hajmi
Bunday blenderlarning Toshkentds 1.2 litrda 2 litrgacha bo’lgan turlarini uchratish mumkin. Oilangiz katta-kichikligiga qarab, to’g’ri idishlisini tanlaysiz.
Idishining qanday xom-ashyodan tayyorlanilgani
Idishi uchin odatda plastik, shisha va metall moddalardan foydalaniladi.
Plastik idishli blenderlar quyidagi sifatlari bilan ajralib turadi:
- ular yengil;
- plastik idishli blenderlar arzon;
- foydalanish oson;
- sinmaydi;
- issiq taomlarni solishga to’g’ri kelmaydi (issiqqa chidamli plastiklisini tanlash kerak);
- hidni o’ziga singib oladi.
Shisha idishli blenderlar ko’pchilikda uchraydi va ularning ijobiy va salbiy xususiyatlari quyidagicha:
- uning shikaslanishi oson;
- ular hidni o’ziga singdirib olmaydi;
- ular issiq taomlarga ham mos keladi;
- vazni og’ir;
- sinib qolishi mumkin;
- bunday blenderlar qimmat turadi.
Agarda siz blenderda issiq taomlarni solib, maydalamoqchi bo’lsangiz, unda shunday blendrrdan xarid qilsanviz yaxshiroq.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Blenderlarning narxi uning quvvati va brendiga ham bog’liq bo’ladi.
Mediapark.uz internet do’koni
- 344 000 so’mdan: Artel stationar blenderi – 300 Vt, 2 tezligi, idishining hajmi – 1.25 litr;
- 2 961 000 so’mgacha: Kitchen Aid blenderi, quvvati – 500 Vt, 6 tezligi, muzni bo’laklash vazifasi, idishining hajmi – 1.5 litr.
Arba.uz internet do’koni
- 303 600 so’mdan: Omega stationar blenderi, quvvati – 400 Vt, 2 ta tezlik, bloklash xizmati;
- 1 291 200 so’mgacha: Philips, quvvati – 900 Vt, 15 tezligi, idishining hajmi – 2 litr, muzaydalash xizmati.
*Rasmlar internetdagi ochiq manbalardan olingan.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!