Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Finiksi» konfetlari
Savdo peshtaxtalarida yaqinda quruq mevalardan tayyorlanilgan konfetlarga ko’zimiz tushdi. Foydali, mazali va to’yimli bu konfetlar kattalar-u bolalarga bir xil foydali hisoblanadi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar bundan oldin tabiiy mahsulotlardan tayyorlanilgan Pupo konfetlari haqida gapirib o’tgan edik. Bugun navbat o’xshash shirinliklarga keldi, agarda siz ham taomnomangizga e’tibor beradigan bo’lsangiz, unda bu konfetlar siz uchun.
Shirin va biroz qattiqroq, yaxshi glazur bilan qoplangan «Finiksi» shokoladlari Rossiyaning Sobranie firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ular juda to’yimliligi sabab ham uni ko’p yeb bo’lmaydi, demak mahsulotning bir o’rami bir necha kunga yetadi. Oramizdagi shirinlikka uncha ishi bo’lmagan insonlarga ham bu shirinlik juda yoqdi.
Ularning kivili, shaftolili, apelsin va olxo’rili kabi turlari mavjud. Bizlar ta’tib ko’rish uchun apelsinli va olxo’rilisidan xarid qildik va ular haqida gapirib beramiz.
Qadog’i
Konfetlar old tomoni ko’rinib turadigan yelim qog’ozlarda qadoqlanilgan bo’lib, har bir konfet donasi esa alohida zar qog’ozchalarga o’ralgandir. Har bir o’ramda 9 dona konfet mavjud.
Mahsulotning og’irligi 180 grammni tashkil etadi.
Ta’mi
Apelsinli «Finikslar»
Mahsulotni ochib nafaqat xushbo’y isidan, balki konfetning ajoyib ko’rinishidan xursand bo’lamiz.
Olxo’riki «Finikslar»
Ulardagi konfetlar qavat-qavat qilingan bo’lib, avval shokoladli glazur bilan qoplangan, uning ichida xurmoli qavat, undan so’ng esa olxo’rili qavatiga ko’zimiz tushdi.
Tarkibi
Mahsulot tarkibi bizlarga juda yoqdi, faqat kakao yog’i o’rnini bosuvxhi mahsulot nima ekanligi bilan qiziqdik.
Apelsinli «Finikslar»
Quritilgan mevalar (xurmo, uzum, mayiz, olma, nok, shaftoli, banan, shakar, limon kislotasi, Е220 qo’shimchasi, kakao, glyukoza-fruktozali qiyom, soya letsitini, apelsin ekstrakti.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 350 kKal bo’lib, 2.5 grammini oqsillar, 9 grammini yog’lar, 65 grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Olxo’rili «Finikslar»
Quritilgan mevalar (xurmo, olxo’ri, shaftoli, banan, shakar, limon kislotasi, Е220 qo’shimchasi , glyukoza-fruktozali qiyom, soya letsitini, aromatizator («Vanil»).
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 290 kKal bo’lib, 2 grammini oqsillar, 9 grmini yog’lar, 50 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Finikslar» konfetlarini bizlar Korzinka.uz supermarketidan 23 790 so’mdan xarid qildik.