Chakanda to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Kuzda pishib yetiladigan rezavor meva chakanda (oblepixa) haqida bugun gapirib o’tamiz. Bunuda siz uning foydali va zararli tomonlari, ularni qishga to’g’ri muzlatish va boshqa qiziqarli maslahatlar bilan tanishib olasiz.
Chakandaning foydali xususiyatlari
Qadimgi Gretsiyada bu mevaga qiziq nom berishgan: «yaltiroq ot» – hatto eng nimjon jonivorlar ham chakandadan iste’mol qilgandan so’ng, sog’lom va baquvvat bo’lib, ularning terisi esa yaltirashni boshlagan.
Chakanda yer sharidagi eng foydali rezavor mevalardan biri bo’lib, u sizga quyidagi kasallillarga foydasi tegadi:
- shamollash va viruslarga qarshi kurashadi: u o’zida ko’p miqdorda C vitaminini saqlab, qizil bulg’or qalampiri va na’matakdan so’ng, u uchinchi o’rinda turadi;
- K guruh vitamini borligi sabab, moddalar almashinuvini boshqaradi;
- qon tarkibini yaxshilab, uning quyulishini oldini oladi;
- teri, tirnoq va soch sifatini yaxshilaydi;
- xolesterin miqdorini kamaytiradi;
- shakar miqdorini kamaytiradi;
- tomirlarning cho’ziluvchanligini oshiradi;
- yo’taldan xalos etadi;
- bundan tashqari chakanda oshqozon yarasi va o’n ikki barmoqli ichak kasalliklarida ham juda foydali hisoblanar ekan.
Chakandaning zararli tomonlari
Afsuski bu koni foyda mevaning ayrim zararli tomonlari ham qayd etilgan ekan. Uni buyrak va o’t pufagida toshi bor bemorlarga iste’mol qilish tavsiya etilmad ekan. Agar siz o’t pufagi toshi yoki oshqozon gastritidan aziyat cheksangiz, unda chakandadan ehtiyotkorlik bilan iste’mol qiling.
Bir kunda qancha miqdorgacha iste’mol qilish mumkin
Bizlardagi bu meva sla achxhiqroq ta’mdaligi sabb, uni choy sifatida damlab iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Damlamani bir kunda bir marotaba, 100-150 donadan oshmagan miqdorda mevalarni solib iste’mol qiling.
Chakandani qishga to’g’ri saqlash
Chakanda o’zining sifatini saqlab qolishi uchun uni qoshga quyidagicha saqlash mumkin:
- birinchibusul, muzlatish: mevalarni chayib olamiz va sochiqqa to’shab quritamiz. So’ng konteyner yoki yelim qog’ozga solib, muzlatgichga olib qo’yamiz;
- ikkinchi usul, shakar bilan: mevalarni yuvib quritamiz va shakarbilan aralashtiramiz: 1 kilo chakandaga 1.3 kilo shakar solinadi. Aralashmani sterillangan bankaga solib, muzlatgichga olib qo’yamiz;
- uchinchi usul, ezilgan holda: shakar bilan chakandani blender idishiga solib maydalaymiz, so’ng sterillangan bankalarga solib, muzlatgichga olib qo’yamiz;
- to’rtinchi usil, murabbo: xhakandadanbtayyorlaniladigan murabbo juda ham mazali bo’lib, buning uchun shakarli qiyonmga uni solib, 3 soatga qoldiriladi. So’ng qiyomni alohida idishga suzib olib yana qaynatiladi. So’ng qiyomga chakandani solib, past olovda rangi shaffoflashguniga qadar qaynatiladi. So’ng ularni sterillangan bankalarga solib yopiladi. 1 kilo mevaga 1.5 kilo shakar va 500 ml suv kerak bo’ladi.